Aleksandr Murashov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Futbol
Aleksandr Murashov
Toʻliq ism Aleksandr Aleksandrovich Murashov
Tavallud sanasi 19-noyabr 1928(1928-11-19)
Vafot sanasi 12-oktyabr 1957(1957-10-12) (28 yosh)
Grajdanstvo
Pozitsiya Yarim himoyachi
Klub faoliyati
1950—1952 Soyuz Sovetskix Sotsialisticheskix Respublik VMS 37 (8)
1953—1955 Soyuz Sovetskix Sotsialisticheskix Respublik Zenit (Kaliningrad) 53 (8)
1956—1957 Soyuz Sovetskix Sotsialisticheskix Respublik Paxtakor 36 (6)

Aleksandr Aleksandrovich Murashov (19-noyabr 1928-yil – 12-oktyabr 1957-yil) – sovet sobiq futbolchisi, yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan.

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Murashov oʻz futbolchilik faoliyatini 1950-yilda Moskva dengiz floti klubida harbiy xizmatni oʻtayotgan vaqtida boshlagan va jamoa bilan birgalikda SSSR „A“ toifasidagi ligada ishtirok etgan.

Murashov 1951-yilda „A“ toifasidagi ligada, jamoa uchun quyidagi jamoalarga qarshi 5 ta oʻyinda maydongga tushgan: Zenit Leningrad (0:0[1]), CDSA (0:4[2]), Dinamo Tbilisi (0:0[3]), Shaxtyor Stalino (0:1[4]) va Moskva Spartak (3:5[5]). Mavsum oxirida jamoa SSSR „A“ toifasidagi ligani tark etdi. 1952-yilda Murashov oʻzining eng yaxshi mavsumini oʻtkazdi. 1953-yilda 4 oʻyindan soʻng jamoa tarqalib ketdi va Murashov Moskvaga qaytib keldi. Murashov Moskvada uch yil „Zenit“ jamoasida oʻynadi (1955-yilda Moskva viloyatining Kaliningrad jamoasi).

1956-yilda yanggi tashkil etilgan "Paxtakor" jamoasida oʻynash taklifini qabul qildi. 1956-yil 8-aprelda SSSR chempionatining „B“ toifasidagi birinchi rasmiy uchrashuvida Molotov shahri jamoasiga qarshi (1:0[6][7]) ishtirok etdi.

Oʻzbekiston SSR terma jamoasi tarkibida SSSR xalqlarining birinchi Spartakiadasida qatnashib, 4 ta oʻyin oʻtkazgan[8].

1956-yil 5-noyabrda „Paxtakor“ tarkibida Olimpiada oldidan soʻnggi mashgʻulotni oʻtkazayotgan SSSR terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (1:11[9]) ishtirok etdi.

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa

  • B toifasi gʻolibi: 1950-yil

Shaxsiy

  • 1952-yilgi mavsumda dengiz floti jamoasining eng yaxshi toʻpurari – 9 ta gol

Klub statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston SSR terma jamoasining ishtiroki[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sana Raqib Musoboqa Hisob Oʻynagan daqiqalar Urilgan gollar
1 1956-yil 4-avgust Rossiya SFSR RSFSR I Spartakiada 1:3 90' Gol 29'
2 1956-yil 7-avgust Turkmaniston SSR Turkmaniston SSR 3:0 90'
3 1956-yil 9-avgust Moldaviya SSR Moldaviya SSR 3:4 90'
4 1956-yil 14-avgust Estoniya SSR Estoniya SSR 2:0 90'

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ВМС—Зенит“ (ru). fc-dynamo.ru. Сайт футбольных протоколов СССР (2016-yil 2-fevral). 2022-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-avgust.
  2. „ЦДСА—ВМС“ (ru). fc-dynamo.ru. Сайт футбольных протоколов СССР (2016-yil 2-fevral). 2022-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-avgust.
  3. „ВМС—Динамо Тб.“ (ru). fc-dynamo.ru. Сайт футбольных протоколов СССР (2016-yil 2-fevral). 2022-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-avgust.
  4. „ВМС—Шахтёр“ (ru). fc-dynamo.ru. Сайт футбольных протоколов СССР (2016-yil 2-fevral). 2022-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-avgust.
  5. „Спартак—ВМС“ (ru). fc-dynamo.ru. Сайт футбольных протоколов СССР (2016-yil 2-fevral). 2022-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-avgust.
  6. „Ровно 65 лет назад «Пахтакор» провел свой первый матч“ (ru). pakhtakor.uz. Пахтакор (2021-yil 8-aprel). 2022-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-avgust.
  7. „"Пахтакор" биринчи ўйинини ўтказганига 63 йил тўлди“ (uz). championat.asia. Чемпионат (сайт) (2019-yil 8-aprel). Qaraldi: 2022-yil 21-avgust.
  8. „I Спартакиада народов СССР 1956 года“ (ru). vla-glubokov.narod.ru. Страницы истории футбола (2014-yil 17-avgust). 2015-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-avgust.
  9. „Пахтакор—СССР“ (ru). rusteam.permian.ru. Сборная России (2022-yil 21-avgust). 2022-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-avgust.