Aleksandr Kolarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aleksandr Kolarov (serbcha: Александар Коларов) — serb futbolchisi, himoyachi hisoblanadi. U Serbiya terma jamoasida ham faoliyat olib boradi.

Umumiy maʼlumotlar
Tugʻilgan

10-noyabr 1985-yil

(36 yosh)
Serbiya, Yugoslaviya[1]

Fuqaroligi
Boʻyi

187 cm

Pozitsiyasi

chap qanot himoyachisi,

chap qanot yarim himoyachisi

Hozirgi jamoasi
Klub

Faoliyatini yakunlagan

Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

2011-yil Serbiyada „Yilning eng yaxshi futbolchisi“ nomiga sazovor boʻlgan . Kolarovning asosiy afzalliklari — koʻp qirralilik, hujumlarga samarali ulanish qobiliyati, shu bilan birga, uzoq masofaga ajoyib zarba bera olishi.

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi futbolchining klubi „Chukarički Belgrad“ boʻlgan. U poytaxt klubida Serbiya ikkinchi divizionida debyut qilib, chap qanot himoyachisi oʻrnini taʼminlagan. Kolarovning debyut mavsumi yakunlariga ko‘ra, „Chukarichki“ o‘z divizionida g‘olib chiqib, elitaga ko‘tarilgan. Birinchi divizionda poytaxt jamoasi kumush medallarni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan hamda Aleksandr turnirning ramziy jamoasiga kirgan. Serbiya va Chernogoriya parchalanganidan koʻp oʻtmay, Kolarov Serbiya OFK ga koʻchib oʻtgan hamda u bilan Serbiya kubogida gʻalaba qozonishga muvaffaq boʻlgan. 2007-yilda 38 oʻyinda 7 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan iqtidorli himoyachiga Italiyaning „Latsio“ klubi qiziqish bildirgan.

2007-yilning yozida Kolarov Rimning „Latsio“ klubiga koʻchib oʻtgan[2]. U „burgutlar“da chap qanot himoyachisi sifatida oʻynay boshlagan.

2010-yilning 24-iyunida „Manchester City“ Kolarovni „Latsio“dan 15,9 million funt sterlingga (22,7 million yevro) sotib olganini rasman maʼlum qildi[3]. Shartnoma 5 yilga tuzilgan[4]. „Manchester“ jamoasida faoliyatini yakunlagan Silvinyo va vataniga Ispaniyaga joʻnab ketgan Xaver Garrido oʻrniga serb chaqirilgan. Aleksandr „Tottenxem“ga qarshi oʻyinda (0:0) debyut qilgan[5]. Birinchi mavsumda Kolarov oddiy boshlangʻich boʻlib, uchta gol urgan va Roberto Manchini maqtoviga sazovor boʻlgan. Ammo, u keyingi mavsumda fuqarolarning asosiy jamoasidagi oʻrnini „Zabaleta“ga boy berib qoʻydi. 2013-yil chempionlik yilida „shaharliklar“ Aleksandr bor-yoʻgʻi 29 oʻyin oʻtkazdi va ikki oy davomida tizzasidagi jarohatini davolab, umuman maydonga tushmadi.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-2008-yillarda Serbiya yoshlar terma jamoasida 6 uchrashuvda 2 ta gol urgan. 2008-yilda u Serbiya olimpiya terma jamoasi tarkibida Pekinga yoʻl olgan.

2008-yildan beri u Serbiyaning asosiy terma jamoasi aʼzosi boʻlib, u bilan 2010-yilgi Jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi . Turnirning guruh bosqichida Kolarov ikkita oʻyin oʻtkazdi va Germaniya terma jamoasini 1: 0 hisobida magʻlub etishga yordam berdi. Ammo yakunda Serbiya terma jamoasi guruhda to‘rtinchi o‘rinni egallab, pley-offga chiqa olmadi.

Jamoa bilan u 2012-yilgi Yevropa chempionati, 2014- yilgi jahon chempionati va 2016-yilgi Yevropa chempionatiga chiqa olmagan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning otasi — Jivko Kolarov, fermer boʻlgan[6].

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Italiya kubogi sohibi: 2008/09
  • Italiya Superkubogi sohibi: 2009 yil
  • Angliya kubogi gʻolibi: 2010-2011
  • Angliya chempioni (2 karra): 2011-2012, 2013-2014
  • Angliya Superkubogi sohibi: 2012-yil
  • Liga kubogi sohibi (2 karra): 2013-2014, 2015-2016
  • Italiya chempioni: 2020-2021
  • Italiya Superkubogi sohibi: 2021-yil
  • Italiya kubogi sohibi: 2021-2022

Shaxsiy yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Serbiyada yilning eng yaxshi futbolchisi: 2011-yil

Statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Serbiya terma jamoasi tarkibida 2008 2 0
2009 7 0
2010 8 0
2011 10 0
2012 11 1
2013 7 3
2014 7 2
2015 7 1
2016 7 1
2017 6 2
2018 10 1
2019 8 0
2020 4 0
Jami 94 11

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. reprezentacija.rs (serb.) — 2008.
  2. „Relazione trimestrale separata e consolidata al 30–09–07“ (it) (PDF). SS Lazio (2007-yil 14-noyabr). 2009-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 19-avgust.
  3. „MCFC close to signing Serbian Aleksandar Kolarov from Lazio“. 2010-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 24-iyul.
  4. „Manchester City, ufficiale l’acquisto di Kolarov“. 2013-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 24-iyul.
  5. „Tottenham Hotspur 0 – 0 Manchester City“. ESPN Soccernet (2010-yil 14-avgust). 2010-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 17-avgust.
  6. „Александар Коларов получил внедорожник «Лада» за первый гол в Самаре на ЧМ-2018.“. 2018-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-sentyabr.