Alec Benjamin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alec Benjamin

Alec Benjamin 2019-yil
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 28-may 1994
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Janr Pop
Amplua Qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis
Faoliyat yillari 2013 — hozirgacha
Veb-sayt alecbenjamin.com

Alec Shane Benjamin[1] (1994-yil 28-mayda tugʻilgan) amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavisdir. Uning 2018-yilda chiqqan Let Me Down Slowly qoʻshigʻi 25 dan ortiq mamlakatlarda top 40 talikka kirdi va 2022-yil aprel holatiga koʻra Spotifyda 1 milliarddan ortiq translyatsiya toʻpladi[2]. Alec Benjamin asosan ingliz tilida qoʻshiqlar yozadi va kuylaydi, lekin uning „Older“ va „Water fountaion“ qoʻshiqlari Xitoy tilida ham ijro etilgan.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alec Benjamin Arizona shtatining Phoenix shahrida tugʻilgan, lekin 1-sinfi va bogʻcha davrida u New Yorkning Long Island shahrida yashagan . Uning bitta singlisi bor va „If We Have Each Other“ qoʻshigʻini singlisi uchun yozgan.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlab Alec Benjamin Janubiy Kaliforniya universitetiga oʻqishga qabul qilinadi . Lekin Columbia Records albomini taqdim etganidan bir necha hafta oʻtib u oʻqishdan ketadi. Keyinchalik u yevropadagi konsert joylarini tashqarisida tashrif qogʻozlarini tarqatish orqali oʻz ommaga keng yoyadi. Uning Narrated For You[3] musiqalar toʻplami AQSH Billboard 200 roʻyhatida 127-oʻrinni egallaydi . Uning ushbu qoʻshiqlar toʻplamida „Water Fountaion“, „Let Me Down Slowly“ (Hozirgi kunda uning ushbu qoʻshigʻi Youtube platformasida 400 milliondan ortiq koʻrishlarni tashkil etadi) qoʻshiqlari ham boʻlgan. Ushbu qoʻshiqlarini keng ommaga yoyish uchun uning Youtubedagi Siz uchun kuylay olamanmi (Can I Sing For You) loyihasi katta hissa qoʻshgan. Alec Benjaminning These Two Windows albomi 29-may 2020-yili chiqdi. Ushbu albom AQSH Billboard 200 roʻyhatida 75-oʻrinni egalladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Benjamin Alec“ (20-iyun , 2016-yil).
  2. Tracy, Brianne „Alec Benjamin“ (ingliz tili) (29-may 2020-yil). 2022-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-avgust , 2022-yil.
  3. Benjamin, Alec „Billboard 200“ (ingliz tili). billboard.com. Billboard. Qaraldi: 15-avgust 2022-yil.