Kontent qismiga oʻtish

Albert Guðmundsson

Vikipediya, erkin ensiklopediya

 

Albert Guðmundsson
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Albert Guðmundsson
Tavallud sanasi 15-iyun 1997-yil (1997-06-15) (27 yosh)
Tavallud joyi Reykyavík, Islandiya
Boʻyi 1.77 m
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Genoa
Raqami 11
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000—2013 KR
2013—2015 Heerenveen
2015—2017 PSV
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015—2018 Jong PSV 63 (28)
2017—2018 PSV 9 (0)
2018—2022 AZ 74 (17)
2019—2020 Jong AZ 4 (1)
2022- Genoa 12 (1)
Milliy terma jamoa
2013 Islandiya U16 3 (0)
2012—2013 Islandiya U17 9 (4)
2014—2015 Islandiya U19 11 (4)
2015—2018 Islandiya U21 15 (6)
2017— Islandiya 33 (6)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(29-iyun uchun)

Albert Guðmundsson (talaffuzi: Albert Gyudmyundsson)(1997-yil 15-iyunda tugʻilgan) — islandiyalik professional futbolchi, Italiyaning „Genoa“ klubida Yarimhimoyachi sifatida oʻynaydi. Xalqaro maydonda Islandiya terma jamosi sharafini himoya qiladi.

Klubdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Albert dastlab 2013-yilda Niderlandiyaning SC Heerenveen jamosiga qoʻshilgan. 2015—16-yilgi mavsum uchun u PSV jamoasi bilan shartnoma imzolagan va 2015-yilda Jong PSV safida debyut qilgan.

2022-yilning 31-yanvarida u Italiyaning „Genoa“ klubiga o‘tgan[1].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Albert Islandiya terma jamoasi kumush medallarni qoʻlga kiritgan Xitoy kubogi 2017da oʻynagan[2][3][4].

2018-yil may oyida u Islandiya terma jamoasining 2018-yil Rossiyada boʻlib oʻtadigan Jahon chempionati uchun 23 kishilik tarkibiga kiritilgan[5].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Albert Islandiya terma jamoasi JCh −2018 musobaqasidan chiqqanidan keyin sevgilisi bilan gaplashmoqda

Albert futbolchilar oilasida tugʻilgan. Uning otasi sobiq xalqaro hujumchi va tele sharhlovchisi Gudmundur Benediktsson[6][7]. Albertning onasi sobiq xalqaro hujumchi Kristbyorg Ingadott, sobiq xalqaro hujumchi Ingi Byorn Albertssonning qizi boʻlib, u Islandiya oliy divizionida 1987-yildan 2012-yilgacha eng koʻp gol urish boʻyicha rekordchi hisoblanadi[8].

Ingining otasi , Albertning katta bobosi „Milan“ va "Arsenal "ning sobiq hujumchisi va keyinchalik Moliya vaziri Albert Gudmundsson, Islandiyaning birinchi professional futbolchisi boʻlgan[9]. Islandiya terma jamoasi safida harakat qilgan bu olia vakillariga mansub toʻrt avlodining barchasi raqib darvozasiga gol kiritishgan[10].

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Islandiya 2017 1 0
2018 9 3
2019 1 0
2020 7 0
2021 11 3
2022 4 0
Jami 33 6
Albert Guðmundsson tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2018-yil 14-yanvar Gelora Bung Karno asosiy stadioni, Jakarta, Indoneziya  Indoneziya 1-1 4-1 Oʻrtoqlik
2 3-1
3 4-1
4 2021-yil 8-iyun Stadion Miejski, Poznan, Polsha  Polsha 1-0 2-2 Oʻrtoqlik
5 2021-yil 11-oktyabr Laugardalsvollur, Reykyavik, Islandiya  Lixtenshteyn 2-0 4-0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi
6 3-0
  1. Genoa (2022-yil 31-yanvar). „È FATTA PER ALBERT GUDMUNDSSON“ (it). Press-reliz. Qaraldi: 2022-yil 31-yanvar.
  2. „Iceland vs. Chile - 15 January 2017 - Soccerway“.
  3. „China PR vs. Iceland - 10 January 2017 - Soccerway“.
  4. 相镔. „Chile beats Iceland to win maiden China Cup“. China.org.cn (2017-yil 15-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 19-avgust.
  5. Smith. „Injured Sigurdsson in Iceland's World Cup squad“. Goal (2018-yil 11-may). Qaraldi: 2020-yil 2-mart.
  6. „LOOK, LISTEN: Iceland announcer loses his freaking mind after winning goal at Euro“.
  7. Davis, Callum. „Icelandic commentator completely loses it as late winner sets up England clash - 'never, ever, ever have I felt as good'“. The Telegraph (2016-yil 22-iyun). Qaraldi: 2019-yil 29-avgust.
  8. „Fótbolti.net“. Fotbolti.net. Qaraldi: 2016-yil 29-iyun.
  9. „Albert Guðmundsson talar um afa sinn á heimasíðu Heerenveen - Vísir“. Visir.is. Qaraldi: 2016-yil 29-iyun.
  10. „Skorað meira en langafi, afi og pabbi“ (en). RÚV (2018-yil 14-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 14-yanvar.