Albert Agarunov haykali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Albert Agarunov haykali — Ozarbayjon Milliy Qahramoni Albert Agarunovga bagʻishlangan haykaltaroshlik asari.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ozarbayjon Milliy Qahramoni haykali 2019-yilning 15-noyabr kuni Boku shahrining Narimanov tumanida oʻrnatildi[1].

Agarunovga haykal oʻrnatish gʻoyasi Albert xizmat qilgan tank bataloni komandiri Hoji Azimov va Ozarbayjondagi togʻ yahudiylari jamiyati rahbari Milix Yevdayev tomonidan taklif qilingan[2].

Yodgorlikni yaratish loyihasi Ozarbayjon Madaniyat vazirligi tomonidan 2019-yil aprel oyida tasdiqlangan. Yodgorlikni yaratishda yosh haykaltaroshlar, Ozarbayjon Davlat Badiiy akademiyasi oʻqituvchilari Rahib Garayev va Zamik Rizayevlar ishlagan. Barcha ishlarga umumiy rahbarlikni akademiya rektori, SSSR Badiiy akademiyasi akademigi, Ozarbayjon SSR xalq artisti, Ozarbayjon SSRda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Umar Eldarov[1][3] amalga oshirdi.

Yodgorlikning ochilishiga bagʻishlangan tadbirda Ozarbayjon prezidenti maʼmuriyati vakillari, Ozarbayjon mudofaa vaziri oʻrinbosari, general-leytenant Kerim Veliyev, Ozarbayjondagi togʻ yahudiylari jamiyati rahbari Milix Yevdayev, AQSh diniy erkinlik ((USCIRF) xalqaro komissiyasi rahbari Jonni Mur, Lotin Amerikasi, Yevropa va AQShdan kelgan bir qancha ravvinlar, AQShning gʻarbiy shtatlaridan senatorlar va boshqalar ishtirok etdi[4][5].

Har yili 25-aprelda agarunovning tavallud kunida uning xotirasiga bagʻishlangan turli tadbirlar oʻtkaziladi[1][6].

Kompozitsiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Albert Agarunov haykali ikki marta Sovet Ittifoqi Qahramoni, tank qoʻshinlari general-mayori Azi Aslanov[7] haykalidan keyin ozarbayjonlik tankchiga bagʻishlangan ikkinchi yodgorlikdir.

Yodgorlik Albert Agarunovning tankdagi haykali[8].

Yodgorlikni yaratish jarayoni olti oy davom etdi. Dastlab haykalning maketi loydan, keyin gipsdan, bronzadan yasalgan. Tosh qismi betondan qilingan[9][10].

Fotogalereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

{{Manbalar}

  1. 1,0 1,1 1,2 „Памятник герою Карабахской войны воздвигли в Баку - видео, фото“ (ru). Sputnik Азербайджан. Qaraldi: 2021-yil 10-yanvar.
  2. 1news. „В Баку открыт памятник Национальному герою Альберту Агарунову - ФОТО“ (ru). 1news.az. 2019-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-yanvar.
  3. „Проект о создании памятника Альберту Агарунову“. www.anl.az. 2022-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-yanvar.
  4. „Памятник Агарунову“. 2020-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-yanvar.
  5. „Remembering Albert Agarunov, the Jewish hero of Azerbaijan“ (en-US). The Jerusalem Post | JPost.com. 2021-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-yanvar.
  6. „Azerbaijan National Hero Albert Agarunov's memory was honored“ (en). MINISTRY OF DEFENCE OF THE REPUBLIC OF AZERBAIJAN. 2021-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-yanvar.
  7. „QHT XEBER-PRINT“. qhtxeber.az. Qaraldi: 2021-yil 10-yanvar. [sayt ishlamaydi]
  8. „В Азербайджане учредили орден в честь еврея — героя Карабахской войны“ (en). Bagnet.org. 2021-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-yanvar.
  9. „Памятник герою Азербайджана Альберту Агарунову- одно из главных событий уходящего года“ (ru). Eurasia Diary. 2022-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-yanvar.
  10. „Памятник Альберту Агарунову олицетворяет собой Нагорный Карабах“. news.myseldon.com. Qaraldi: 2021-yil 10-yanvar. [sayt ishlamaydi]