Albaniya himoyalangan hududlari

Nisbatan kichik mamlakat boʻlishiga qaramay, Albaniya biologik xilma-xillikka juda boy. Albaniyada gulli oʻsimliklarning 5550 dan ortiq, ignabargli va ignabargli boʻlmagan doimiy yashil oʻsimliklarni 15600 turi mavjud. Mamlakat soʻnggi paytlarda qoʻriqlanadigan hududlar tarmogʻini kengaytirish boʻyicha saʼy-harakatlarni amalga oshirdi, jumladan: 11 ta milliy bogʻ, 1 ta dengiz bogʻi, 718 ta tabiat yodgorligi, 23 ta qoʻriqxona, 11 ta qoʻriqlanadigan landshaftlar, 4 ta Jahon merosi ob’ektlari[2], 4 ta Ramsar ob’ektlari[3] va boshqa muhofaza etiladigan hududlar mamlakat hududining 21,36% ni tashkil qiladi[4]. Bundan tashqari, mamlakatda biosfera rezervati, 45 ta muhim oʻsimlik va 16 ta qushlar yashaydigan hudud mavjud[5][6].
Markaziy hukumat qirgʻoq chizigʻi va Tirana yashil zonasini milliy ahamiyatga ega hududlar deb eʼlon qilgan[7].
Hozirgi vaqtda qoʻriqlanadigan hududlar doimiy ravishda noqonuniy daraxt kesuvchilat, oʻrmon yongʻinlari va GES qurilishi tahdidi ostida qolmoqda. Bu esa ekologlar va fuqarolik jamiyatining doimiy noroziligiga sabab boʻldi[8].
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish Atrof-muhit va turizm vazirligi tomonidan Muhofaza etiladigan tabiiy tabiiy hududlar milliy agentligi (AKZM) vakolatiga kiradi[9].
Qoʻriqxonalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qoʻriqxonalar — bu biror bir hudud va uning barcha madaniy hamda tabiiy boyliklarini saqlash uchun ilmiy maqsadlarda muhofaza qilinadigan ekologik ahamiyatga ega cheklangan joydir. Mamlakatdagi ikkita hudud bu nomga ega: Gashi vodiysi va Rrajce qoʻriqxonasi.
| Ism | Rasm | Belgilangan | IUCN
cat. |
Hudud | |
|---|---|---|---|---|---|
| Gashi vodiysi | 1996-yil 15-yanvar | Ia | 3,000 gektar (30 km2) | ||
| Rrajce qoʻriqxonasi | 2017-yil 7-iyul | Ia | 4,700 gektar (47 km2) |
Milliy bogʻlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Milliy bogʻlar — bu juda katta ilmiy, ekologik va maʼrifiy qadriyatlarga ega boʻlgan va inson aralashuvidan uzoqda joylashgan, odatda hududi 1000 gektardan kam boʻlmagan keng yer yoki suv hududidir. Ushbu bogʻlar ekotizimlarining ekologik muvozanatini saqlash, ilmiy izlanishlarni ragʻbatlantirish, tashrif buyuruvchilarga maʼnaviy-maʼrifiy bilimlarini oshirish maqsadida ekologik qoidalarga rioya qilgan holda muhofaza qilinadi. Mqmlakat hududida 3,140 km2 hududni oʻz ichiga olgan jami 12 ta milliy bogʻ bor[10][11].
| Logo | Nomi | Rasmi | Tashkil topgan | IUCN cat. | Hududi[12] | |
|---|---|---|---|---|---|---|
| Butrint milliy bogʻi | 2000-yil 2-mart[13] | II | 8,622.2 gektar (86.222 km2) | |||
| Prespa tabiat bogʻ | 1999-yil 18-fevral[14] | II | 27,613.05 gektar (276.1305 km2) | |||
| Divjakë-Karavasta tabiat bogʻi | 2007-yil 19-oktyabr[15] | II | 22,389.08 gektar (223.8908 km2) | |||
| Llogara tabiat bogʻi | 1966-yil 21-noyabr[16] | II | 1,769.20 gektar (17.6920 km2) | |||
| Shebenik tabiat bogʻi | 2008-yil 21-may[17] | II | 34,507.90 gektar (345.0790 km2) | |||
| Albaniya tabiat bogʻi | 2022-yil 26-yanvar[18] | II | 82,844.65 gektar (828.4465 km2) | |||
| Tomorr milliy bogʻi | 2012-yil 18-iyul[19] | II | 27,185.5 gektar (271.855 km2) | |||
| Lurë-Dejë togʻi tabiat bogʻi | 1966-yil 21-noyabr[20] | II | 19,288.88 gektar (192.8888 km2) | |||
| Dajti togʻi milliy bogʻi | 2006-yil 21-iyun[21] | II | 28,561.85 gektar (285.6185 km2) | |||
| Hotovë-Dangëlli tabiat bogʻi | 2008-yil 17-dekabr[22] | II | 36,003.76 gektar (360.0376 km2) | |||
| Vjosa Wild daryosi tabiat bog‘i | 2023-yil 15-mart[23] | II | 12,727 gektar (127.27 km2) | |||
| Karaburun-Sazan dengiz bogʻi | 2010-yil 28-aprel[24] | II | 12,437.7 gektar (124.377 km2) |
Tabiat yodgorliklari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tabiat yodgorliklari odadtda hududi 50 gektardan oshmaydi. Ular daraxtlar va oʻsimliklarning noyob yoki endemik turlari kabi tirik organizmlarni, shamol, muz yoki suv eroziyasi natijasida hosil boʻlgan noyob geologik tuzilmalar kabilarni oʻz ichiga olishi mumkin, masalan: karst buloqlari va koʻllari, muzlik koʻllari, suv-botqoq yerlari hamda togʻ-kon manbalari. Jami 718 ta tabiat yodgorligi roʻyxatga olingan (Hukumatning 10.05.2019 yildagi 303-son qarori)[25].
| Nomi | Rasm | Tashkil topgan | IUCN
cat. |
Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Albaniya lolalari o‘sish joyi | 2023-yil 13-mart | III | 35.5 gektar (0.355 km2) |
Boshqariladigan qoʻriqxonalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mahalliy va mintaqaviy ahamiyatga ega boʻlgan qoʻriqlanadigan yer yoki suv hududi. Ushbu hududlar turlarni, yashash joylarini va boshqa noyob tabiat hodisalarini saqlash, ularning sifatini oshirish hamda ulardan dam olish, koʻngilochar maqsadlarda, oʻqish, taʼlim va madaniy tadbirlarda foydalanish uchun saqlanadi. Jami 2,160 km2 maydonni oʻz ichiga olgan jami 23 ta qoʻriqxona mavjud[26].
| Nomi | Rasmi | Tashkil topgan | IUCN cat. | Hudud | |
|---|---|---|---|---|---|
| Kardhiq archasi milliy bogʻi | 1996-yil 15-yanvar | IV | 4,303.6 gektar (43.036 km2) | ||
| Sotirë archasi milliy bogʻi | 1996-yil 15-yanvar | IV | 4,927.67 gektar (49.2767 km2) | ||
| Zhulat archasi milliy bogʻi | 2022-yil 26-yanvar | IV | 936.2 gektar (9.362 km2) | ||
| Cangonj milliy bogʻi | 1977-yil 27-iyul | IV | 250.3 gektar (2.503 km2) | ||
| Dardhë-Xhyrë milliy bogʻi | 1996-yil 15-yanvar | IV | 400.3 gektar (4.003 km2) | ||
| Gërmenj milliy bogʻi | 1996-yil 15-yanvar | IV | 1,410 gektar (14.1 km2) | ||
| Karaburun rezervati | 1977-yil 27-iyul | IV | 17,490.7 gektar (174.907 km2) | ||
| Korab-Koritnik tabiat bogʻi | 2011-yil 21-dekabr | IV | 53,850 gektar (538.5 km2) | ||
| Kunë-Vain-Talë-Patok-Fushëkuqe milliy bogʻi | 2010-yil 28-aprel | IV | 8,092.3 gektar (80.923 km2) | ||
| Gjergjevica Lagoon milliy rezervati | 2022-yil 26-yanvar | IV | 2,966.3 gektar (29.663 km2) | ||
| Shala Lagoon milliy bogʻi | 2022-yil 26-yanvar | IV | 10,619.35 gektar (106.1935 km2) | ||
| Munellë milliy bogʻi | 2022-yil 26-yanvar | IV | 20,760.05 gektar (207.6005 km2) | ||
| Mali me Gropa-Bizë-Martanesh milliy bogʻi | 2007-yil 31-yanvar | IV | 26,043.34 gektar (260.4334 km2) | ||
| Lake Ulza milliy bogʻi | 2013-yil 3-aprel | IV | 4,205.15 gektar (42.0515 km2) | ||
| Polis milliy bogʻi | 1996-yil 15-yanvar | IV | 45.1 gektar (0.451 km2) | ||
| Porto Palermo milliy bogʻi | 2022-yil 29-iyul | IV | 1,694.98 gektar (16.9498 km2)[27] | ||
| Shtamë milliy bogʻi | 1996-yil 15-yanvar | IV | 6,864.36 gektar (68.6436 km2) | ||
| Lake Shkodër milliy rezervati | 2005-yil 2-noyabr | IV | 24,049.75 gektar (240.4975 km2) | ||
| Stravaj va Sopot milliy bogʻi | 1996-yil 15-yanvar | IV | 1,548.9 gektar (15.489 km2) | ||
| Moviy koʻz milliy bogʻi | 1996-yil 15-yanvar | IV | 293.3 gektar (2.933 km2) | ||
| Zagori milliy bogʻi | 2022-yil 26-yanvar | IV | 24,607.63 gektar (246.0763 km2) | ||
| Balloll milliy bogʻi | 1977-yil 27-iyul | IV | 323.3 gektar (3.233 km2) | ||
| Bogovë milliy bogʻi | 1977-yil 27-iyul | IV | 342.1 gektar (3.421 km2) |
Himoyalangan landshaftlar
[tahrir | manbasini tahrirlash](V-kat.) Himoyalangan landshaftlar birinchi navbatda, landshaft xilma xilligini saqlab qolish va dam olish, oʻyin-kulgi uchun saqlanadi. Bu turkumga qishloq xoʻjaligi, bogʻdorchilik, oʻrmonchilik, baliqchilik kabi faoliyatni amalga oshirish imkonini beruvchi turar joy markazlari joylashgan hududlar kiradi. Maqsad landshaftlarning sifatini va ulardagi inson faoliyatining uygʻun oʻzaro taʼsirini saqlab qolish va ularda joylashgan biologik xilma-xillikni saqlashdir. 847,5 km2 maydonni oʻz ichiga olgan jami 11 ta qoʻriqlanadigan landshaft bor.
| Nomi | Tasvir | Tashkil topgan | IUCN cat. | Hudud | |
|---|---|---|---|---|---|
| Bjeshka e Oroshit himoyalangan landshafti | 1996-yil 15-yanvar | V | 4,646.7 gektar (46.467 km2) | ||
| Drenovë-Sinicë himoyalangan landshafti | 1966-yil 21-noyabr | V | 2,065.8 gektar (20.658 km2) | ||
| Guri i Nikës-Lenie-Valamarë himoyalangan landshafti | 1996-yil 15-yanvar | V | 5,172.7 gektar (51.727 km2) | ||
| Qafë Bush-Kuturman himoyalangan landshafti | 1977-yil 27-iyul | V | 4,159.7 gektar (41.597 km2) | ||
| Rrushkull, Durrës himoyalangan landshafti | 1995-yil 16-dekabr | V | 579.5 gektar (5.795 km2) | ||
| Bisht Kamëz himoyalangan landshafti | 2020-yil 28-dekabr | V | 491.5 gektar (4.915 km2) | ||
| Nikolicë himoyalangan landshafti | 1996-yil 15-yanvar | V | 510 gektar (5.1 km2) | ||
| [[Krastë-Verjon himoyalangan landshafti | 2018-yil 26-iyul | V | 1,469.24 gektar (14.6924 km2) | ||
| Lake Ohri himoyalangan landshafti | 1999-yil 18-fevral | V | 28,000 gektar (280 km2) | ||
| Pishë Poro-Nartë himoyalangan landshafti | 2004-yil 22-oktyabr | V | 15,972.7 gektar (159.727 km2) | ||
| Buna River-Velipojë himoyalangan landshafti | 2005-yil 2-noyabr | V | 21,678.85 gektar (216.7885 km2) |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Map“. gazetasi.al. Qaraldi: 2021-yil 13-aprel.
- ↑ UNESCO. „Albania“ (en). whc.unesco.org.
- ↑ Ramsar Convention. „ALBANIA“ (en) (PDF). ramsar.org.
- ↑ „WDPA - Designation Display“. 2011-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 28-noyabr.
- ↑ „Important Plant Areas of the south and east Mediterranean region“ (en). portals.iucn.org.
- ↑ BirdLife International. „Albania“ (en). datazone.birdlife.org.
- ↑ „Baza Ligjore | APR Tirana“ (en-GB). Qaraldi: 2021-yil 20-fevral.
- ↑ „FLETORJA ZYRTARE“ (PHP). planifikimi.gov.al (2017-yil 23-may). Qaraldi: 2021-yil 13-aprel.
- ↑ „Zonat e Mbrojtura në Shqipëri“. akzm.gov.al. Qaraldi: 2023-yil 10-aprel.
- ↑ "Për miratimin e ndryshimit të statusit dhe të sipërfaqes së ekosistemeve natyrore park kombëtar (kategoria ii) të zonave të mbrojtura mjedisore". Qendra e Botimeve Zyrtare. 26 January 2022. https://qbz.gov.al/alfresco/api/-default-/public/alfresco/versions/1/nodes/9bdebcfb-5b0f-4d93-9854-5183906bd793/content?attachment=true&alf_ticket=TICKET_e8d425ce36bd2eaf13017ada30e7b7e30a4a8a93.
- ↑ „Initial assessment of protected areas in Albania“ (en). iucn.org 1–12.
- ↑ „Vendime të miratuara në mbledhjen e Këshillit të Ministrave, datë 26 Janar 2022“ (sq). Kryeministria (2022-yil 26-yanvar). 2023-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-mart.
- ↑ „Parku Kombëtar i Butrintit – Plani i Menaxhimit të Integruar (2020-2030)“. kultura.gov.al. 2020-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-sentyabr.
- ↑ „Parku Kombëtar i Prespës pajiset me sinjalistikën vertikale“. ata.gov.al. Agjencia Telegrafike Shqiptare (2021-yil 5-dekabr). 2023-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 28-may.
- ↑ „Parku i Karavastasë: Një destinacion ndryshe“. monitor.al. Qaraldi: 2017-yil 28-yanvar.
- ↑ „Final Report on the Study on Landscape of the National Park Llogara“. United Nations Development Program. Qaraldi: 2020-yil 25-mart.
- ↑ Brazhda. „Parku Kombëtar Shebenik-Jabllanicë“. albNatyra. 2021-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 21-may.
- ↑ „Vendime të miratuara në mbledhjen e Këshillit të Ministrave“. kryeministria.al. Qaraldi: 2022-yil 26-yanvar.
- ↑ „PVKM për miratimin e ndryshimit në sipërfaqe të ekosistemit natyror "Mali i Tomorrit" i shpallur Park Kombëtar“. konsultimipublik.gov.al. Ministria e Turizmit dhe Mjedisit. Qaraldi: 2021-yil 16-iyul.
- ↑ Parmentier, Laurian (15 November 2022). "Integrative analysis reveals cryptic speciation linked to habitat differentiation within Albanian populations of the anomalous blues (Lepidoptera, Lycaenidae, Polyommatus Latreille, 1804)". Comparative Cytogenetics. https://compcytogen.pensoft.net/article/90558.
- ↑ „Decision no.715 dated 23.06.2009 amending Decision No.402 dated 21.6.2006 proclaiming National Park the Dajti Mountain natural ecosystem“. FAOLEX. Qaraldi: 2009-yil 23-iyun.
- ↑ „Regulation No. 1631 proclaiming the natural ecosystem of Bredhi I Hotoves-Dangelli as national park“. UNEP. Qaraldi: 2008-yil 17-dekabr.
- ↑ Katanich, Doloresz. „'Conserved forever': Albania's Vjosa officially declared Europe's first wild river national park“. Euronews (2023-yil 15-mart).
- ↑ „10 years Karaburun-Sazan National Marine Park“. UNDP. Qaraldi: 2020-yil 28-aprel.
- ↑ „40-vjetori i Monumenteve të Natyrës“. inca-al.org. Institute for Nature Conservation in Albania. Qaraldi: 2021-yil 4-may.
- ↑ „Rrjeti i Zonave të Mbrojtura në Shqipëri“. cbd.int. Qaraldi: 2014-yil 1-yanvar.
- ↑ „UNEP/MAP welcomes the announcement of a protected area in Porto-Palermo Bay in Albania“. United Nations Environment Programme (UNEP) (2022-yil 2-sentyabr). 2023-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-sentyabr.