Alanquva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alanquva — moʻgʻullarning afso-naviy ajdodi. Rashiduddinning yozishi-cha, barcha moʻgʻul qabilalari Dobunbayon va uning xotini A. dan tarqagan. A. oqila ayol boʻlib quralas qabilasidan (baʼzi manbalarga koʻra Xoʻrilartoy merganning qizi) boʻlgan. Ularning Belgunutoy va Bugunutoy ismli oʻgʻillari boʻlgan. Do-bunbayon yoshlik paytida vafot etgan. Beva qolgan A., rivoyatlarga koʻra, tushida tuy-nukdan nurga burkangan malla sochli, koʻk koʻzli kishi unga asta-sekin yaqinlashib soʻng qaytib ketganligini koʻrgan. A. ilohiy moʻ’jiza bilan homilador boʻlib qolgan va uch oʻgʻil farzand tuqqan. Kat-ta oʻgʻli — Bukun Qatagʻandan qatagʻan qabilasi oʻrtanchasi — Saljidan sal-jiut qabilasi tarqagan, kenjasi — Bodoncharqoon (Budanjir Munqaq) boʻlib, Chingizxon nasabi unga borib taqalgan. Bu uch oʻgʻildan tarqalgan barcha urugʻ-qabilalar nirun deb atalgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil