Al-Manyil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Al-Manyil (misrcha: المنيل , „nilometer“) Qohira yaqinidagi Nil daryosining Roda orolida joylashgan.

Al-Manyil saroyiga kirish va bogʻlar.
Al-Manyil saroy muzeyi, taxt xonasi.

Shahzoda Muhammad Ali saroyi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Al-Manyil saroyi va bogʻ mulki shahzoda Muhammad Ali Tevfik uchun 1899–1929-yillar oraligʻida qurilgan. Shahzoda shoh Foruqning birinchi amakivachchasi va Xediv Abbos II Hilmiyning ukasihisoblanadi. Saroy 1955-yilda Misr xalqiga berilgan[1].

Al-Manyil saroy-muzeyi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Majmua oltita inshootdan iborat. Bu tuzilmalar orasida Foruqning ov kuboklari toʻplangan muzey, shahzodaning qarorgohi va jihozlari, hamda oila aʼzolarining ayrim buyumlaridan jamlangan muzey bor. Saroyda qoʻlyozmalar, gilamlar, toʻqimachilik buyumlari, misdan yasalgan buyumlar va billurlar toʻplami mavjud. Bu yerda yana noyob narsalardan – fil quloqlaridan yasalgan stol va 1000 dona kumush idishlarini koʻrish mumkin.

Asl maydonning bir qismida Meridian Hotel deb nomlangan mehmonxona qurilgan[2]. Qolgan saroy bogʻlarida Nil daryosining kichik tarmogʻi oldidagi keng maydonda goʻzal oʻsimliklar va gullardan qilingan bogʻcha mavjud.

Al-Ayniy saroyi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Al-Ayniy saroyi eramizning 1466–1468-yillarda Ahmad Ibn al-Ayniy tomonidan qurilgan. U hukumat binosi, cherkov, harbiy kasalxona va boshlangʻich maktab sifatida foydalanilgan. 1837-yildan beri Al-Ayniy saroyi yoki Qasr Al-Ayniy (Kasr Al-Ayniy) tibbiyot maktabi[3] va hozir Qohira universitetining tibbiyot fakulteti sifatida faoliyat olib bormoqda. U Al-Manyil orolining shimoliy qismida, Al-Manyil saroyi qarshisida taxminan 44 akr maydonga joylashgan. Bu Qohira tomonidagi koʻprikning narigi tomonidagi yangi Kasr Al-Ayniy (fransuz) oʻquv kasalxonasidan farq qiladi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Manial Palace“.
  2. „Egypt: Cairo: Other - The Manial Palace“ (ru). www.touregypt.net. Qaraldi: 2018-yil 18-mart.
  3. El Dib. „Kasr Al Ainy, the story of a palace that became a medical school“. Kasr Al Ainy Medical Journal.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koordinatalari: 30°01′39″N 31°13′45″E / 30.02750°N 31.22917°E / 30.02750; 31.22917 G O