Al-Majmaʼa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Al-Majmaʼa

المجمعة
Shahar
Skyline of Al-Majmaʼa
25°54′14″N 45°20′44″E / 25.90389°N 45.34556°E / 25.90389; 45.34556 G OKoordinatalari: 25°54′14″N 45°20′44″E / 25.90389°N 45.34556°E / 25.90389; 45.34556 G O
Mamlakat Saudiya Arabistoni
Viloyat Riyod viloyati
Aholisi
97,349
Vaqt mintaqasi UTC+3
Al-Majmaʼa xaritada
Al-Majmaʼa
Al-Majmaʼa

Al-Majmaʼa (arabcha: المجمعة) – Saudiya Arabistonining Riyod viloyatidagi shahar va gubernatorlik[1]. Shahar 30 ming kvadrat kilometr maydonga ega boʻlib, aholisi 45 000 nafar atrofida, gubernatorlik aholisi esa taxminan 97 349 kishini tashkil qiladi. Al-Majmaʼa gubernatorligi shimolda Sharqiy viloyati va Al-Qassim viloyati, janubda Sodigʻ va Shaqra, sharqda Ruma, gʻarbda Harma, Al-Ghat va Zulfi shaharlari bilan chegaradosh.

Milodiy 1417-yilda Alshammariy qabilasidan boʻlgan muhojir tomonidan asos solingan Al-Majmaʼa shahri tarixda Sudayr mintaqasining poytaxti hisoblangan. Ushbu hudud Banu Tamim kabi qabilalar istiqomat qilgan Janubiy Sudayr shaharlariga nisbatan yaxshiroq hudud boʻlgan. Bugungi kunda shaharda muzey va XVIII asrga oid gʻishtdan yasalgan qal’a mavjud.

Al-Majmaʼa

Shahar bahorda yashil rangga burkanadi, bu esa shaharni yanada jozibaliroq qilib koʻrsatadi. Afia sudayr supermarketi Al -Majmaʼada joylashgan mashhur supermarketlardan biri hisoblanadi. Hududda, asosan, palma daraxtlaridan iborat koʻplab shaxsiy fermalar mavjud, shuningdek, bu yerda boshqa turdagi, masalan, sitrus yoki rezavor meva va sabzavotlar ham oʻsishi mumkin.

Taniqli shaxslar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Odil al-Jubayr – Saudiya tashqi ishlar davlat vaziri
  • Shayx Abdulaziz at-Tuvayjriy – Milliy gvardiya boshligʻining sobiq oʻrinbosari
  • Shayx Hamad Abdulloh Alsinoniy – Majmaʼa savdo palatasining sobiq rahbari

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]