Al-Buxoriy mahallasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Al-Buxoriy mahallasi
Mahalla
Mamlakat Oʻzbekiston
Mintaqa Samarqand

Al-Buxoriy mahallasi – Samarqand shahridagi mahalla.

Samarqand shahrida joylashgan Al-Buxoriy mahallasi 1996-yilning 14-avgustida sobiq Temiryoʻl tumani hokimining 314Q qarori bilan tashkil qilingan. Mahalla idorasi Samarqand shahri Tong koʻchasi 49-uyda joylashgan[1]. Samarqand shahar xalq deputatlar kengashining 2017-yil 2-fevraldagi qaroriga asosan Al-Buxoriy mahallasi va Tong mahallasi qoʻshib yuboriladi. Ungacha mahalla hududida 556 ta xonadonda 2043 nafar aholi yashagan boʻlsa, endi ularning soni 1185 xonadon va 4029 nafar aholini tashkil qilgan. Mahallada aholining tarkibiga koʻra 49,76% ni ayollar, 50,24% ni erkaklar tashkil qiladi. Aholining 90 fpizdan koʻprogʻini oʻzbeklar, 6,35% ni tojiklar, 1.89% ini eroniylar tashkil etadi. Bundan tashqari rus, arman, boshqird, uygʻur, koreys, tatar va boshqa millat vakillari ham istiqomat qiladi. Al-Buxoriy mahallasi tarkibiga kiritilgan sobiq Tong mahallasi 2002-yilda oʻsha paytdagi Samarqand viloyat hokimi Sh. Mirziyoyev davrida tashkil qilingan edi. Al-Buxoriy mahallasi Samarqand tumanining „Buxor“ va shahardagi „Nodirabegim“, „Soʻgʻdiyona“, „Uvaysiy“, „Mash’al“ mahallalari bilan chegaradosh. Mahallaning birinchi raisi Hamroqul Sodiqov boʻlib, u 16 yil davomida mahallani boshqargan. Undan keyingi davrda Boturboy Asliyev, Larisa Ogay raislik qilgan. 2013-yilning noyabrida Mahammadi Xudoyberdiyev, Xolida Nasrullayeva, 2019-yilning mayida Valijon Islomov rais etib saylangan edi. 2021-yilning yanvaridan boshlab Al-Buxoriy mahallasini Jamila Kuvatova boshqarmoqda[2]. Al-Buxoriy mahallasi hududida Soʻgʻdiyona Grant mehmonxonasi, Family park Viloyat bolalar uyi, 32 ta savdo doʻkoni, 2 ta dorixona, 3 ta guzallik saloni, 2 ta stomatologiya muassasasi, 1 ta restoran, 1 ta choyxona mavjud.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „"AL-BUXORIY" mahalla fuqarolar yig'ini“. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.
  2. „Al-Buxoriy mahallasi“. tizim.sammahalla.uz. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.