Al-Ayyam

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Al-Ayyam
Mamlakat Misr
Til arabcha
Janr(lar)i avtobiografiya
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1926-1967-yillar

Al-Ayyam“ (arabcha: الأيام; tarjimasi „Kunlar“) misrlik professor Toha Husayn tomonidan 1926—1967-yillarda nashr etilgan uch jilddan iborat romanlashtirilgan avtobiografik asar. Kitobda Toha Husaynning kichik qishloqdagi bolaligi, keyin Misr va Fransiyadagi o‘qishi haqida so‘z boradi. Bu zamonaviy arab adabiyotining eng mashhur asarlaridan biri hisoblanadi[1].

Jildlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi jild 1926-yil yanvaridan 1927-yil yanvarigacha „Al-Hilol“ adabiy jurnalida seriyalashtirilib, soʻngra 1929-yilda kitob holida nashr etilgan[1]. U Misr qishloqlarida keng tarqalgan jaholat va urf-odatlar haqidagi voqealar bilan muallifning bolalik davrini qamrab oladi. Oʻsha davrda amalda boʻlgan va anʼanaviy islom taʼlimining batafsil tavsifini beradi. Asar birinchi va uchinchi shaxs hikoyalari aralashmasida yozilgan. Husayn koʻpincha oʻzini-oʻzi toʻxtatib, nazoratning yetishmasligini hikoya qiladi. Tinglash sanʼati haqida koʻplab havolalar va narsalarning hidi yoki his-tuygʻulari haqida tavsiflovchi tafsilotlar mavjud, chunki Husayn oʻzining koʻr boʻlib qolganini nozik tarzda yoritib beradi. Asar 1932-yilda ingliz tilida chop etilgan hamda „An Egyptian Childhood (Misr bolaligi)“ deb nomlangan va E.H. Pakston tomonidan tarjima qilingan[2].

Ikkinchi jild 1940-yilda kitob holida nashr etilgan[1]. Bu jild asar qahramonining Al-Azharga kirishidan to Qohira universitetiga kirishigacha boʻlgan vaqtni oʻz ichiga oladi, asosiy voqealar uning ustozlari va Al-Azhar anʼanalariga qarshi isyoniga bagʻishlangan. Hilary Weyment uni 1948-yilda „The Stream of Days (Kunlar oqimi)“ nomi ostida tarjima qilgan[2].

Uchinchi jild 1955-yilning martidan 1955-yilning iyunigacha „Axer Saa“ jurnalida seriyalashtirilgan holdagi nashridan soʻng, 1967-yilda kitob sifatida nashr etilgan[1]. Kitobning bu jildidagi voqealari muallifning Qohira universitetida, soʻng Fransiyada oʻqigan davri va u yerda doktorlik darajasini olgani haqida va nihoyat, Misrga qaytib, u yerda professor darajasiga erishgani xususida yozilgan. Kenneth Craggning ingliz tiliga tarjimasi 1973-yilda „A Passage to France (Fransiyaga oʻtish)“ sarlavhasi ostida nashr etilgan[2].

Qabul qilish va taʼsir qilish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Olim Fedwa Malti-Douglasning fikricha, „zamonaviy arab adabiyotining boshqa hech bir asari ham arab dunyosi, ham G‘arb o‘quvchilariga bu asarchalik tanish emas“[1]. Husayn qoʻllagan stilistik uslublar, ayniqsa, hikoyachi va Husaynning bolalikdagi oʻziga xos kinoyali suhbati arab romani rivojiga katta taʼsir koʻrsatdi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Malti-Douglas 2014.
  2. 2,0 2,1 2,2 Bamia 1999.
  3. Allen 2005.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu maqolani tinglang (3 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 23-sentyabr, 2022-yil(2022-09-23) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]