Aks shuʼla
Jump to navigation
Jump to search
Aks shu’la – osmonning Quyoshga diametrial qarama-qarshi tomonida tumansimon, yoyiq dog‘day ko‘rinadigan kucheiz shu’la. Sayyoralararo changga tu-shayotgan quyosh nurlarining qaytishidan hosil bo‘ladi. Aks shuʼlani faqat oydinsiz, tim qorong‘i va havo ochiq tunlarda, mart-aprel hamda sentyabr-oktyabr oylarida kuzatish mumkin. U Kavkaz va O‘rta Osiyo hududlarida yaxshi kuzatiladi. Aks shu’la yorqinligi tungi osmon yorqinligidan 10–15% ortiq. Aks shu’laning yorqinligi va shakli quyosh nuri faolligiga qarab o‘zgarib turadi. Aks shu’la tabiati hali yaxshi o‘rganilgan emas.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |