Kontent qismiga oʻtish

Akmal Burxanov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Akmal Burxanov
 1-Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori
Mansab davri
2020-yil 14-iyuldan – hozirgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
1-„Yuksalish“ umummilliy harakati raisi
Mansab davri
2019-yil 24-yanvar – 2020-yil 14-iyul
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis qilingan
Vorisi Bobur Bekmurodov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 26-iyun 1981-yil (1981-06-26) (44 yosh)
Namangan shahri, Namangan viloyati, OʻzSSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Siyosiy partiyasi Adolat sotsial-demokratik partiyasi
Onasi Axrarova Dilbar
Otasi Burxanov Eshondeda Ubraimovich
Ilmiy unvoni Yuridik fanlar doktori
Maʼlumoti Oliy yuridik
Mukofotlari

Akmal Burxanov Eshondedayevich (tugʻ.1981-yil 26-may, Namangan, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR) – Oʻzbek jamoat va siyosiy arbobi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi III va IV chaqiriq deputati, „Yuksalish“ umummilliy harakatining raisi (2019—2020), 2020-yil 14-iyuldan Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori.

Akmal Burxanov 1981-yil 26-mayda Namangan viloyatining Namangan shahrida tugʻilgan.

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2001-yilda Toshkent davlat yuridik institutini (TDYUI) imtiyozli diplom bilan tugatib, bakalavr darajasini olgan.

2001-mehnat faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida boshlagan[1]. 2002—2008-yillarda Adliya vazirligida boʻlim boshligʻi lavozimida ishlagan.

2003-yilda TDYUIni imtiyozli diplom bilan tugatib, Magistr darajasini olgan.

2007-yilda Nagoya universitetini tugatgan. U ushbu universitetning doktorantidir[2].

2006-yilda Yaponiyaning „Toyota Gosei“ kompaniyasida, 2009-yilda Rossiya Huquq akademiyasida amaliyot oʻtagan.

2009—2015-yillarda Nagoya universitetining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi ijrochi direktori boʻlib ishlagan.

2014-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan. Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi aʼzosi.

2015—2020-yillarda Oʻzbekiston-Yaponiya parlamentlararo guruh aʼzosi[3].

2015—2019-yillarda YXHT Parlament Assambleyasi aʼzosi. 2016—2019-yillarda „Oʻzbekiston-AQSh“ parlamentlararo guruhi aʼzosi. 2017—2019-yillar „Taraqqiyot strategiyasi“ markazining ijrochi direktori[4].

2017—2019-yillarda Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha parlament komissiyasining aʼzosi.

2018-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha maslahat kengashi aʼzosi[4].

2019-yilda ikkinchi marta Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan.

2019—2020-yillarda „Yuksalish“ Umummilliy harakati raisi[5].

2020-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori[3].

2020-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi aʼzosi.

2023-yil „Yuridik fanlar doktori“ (Doctor of Science) iimiy darajasini olgan.

2024-yildan Kriminologiya kengashi aʼzosi.

  1. „arxiv nusxasi“. 2018-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-aprel.
  2. „arxiv nusxasi“. 2021-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-aprel.
  3. 3,0 3,1 „Акмал Бурханов возглавил Антикоррупционное агентство“. Gazeta.uz. Afisha Media (2020-yil 15-iyul). Qaraldi: 28-avgust 2025-yil.
  4. 4,0 4,1 https://www.gazeta.uz/ru/2017/02/16/strategy/
  5. https://centrasia.org/person2.php?st=1547797697
  6. https://uza.uz/uz