Akmal Azizxoʻjayev
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Akmal Abduazimovich Azizxoʻjayev | ||
| Tavallud sanasi | 8-noyabr 1936-yil | ||
| Tavallud joyi | Toshkent | ||
| Vafot sanasi |
8-yanvar 2008-yil (71 yoshda) | ||
| Vafot joyi | Toshkent | ||
| Ampluasi | Himoyachi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1955 | Spartak (Toshkent) | 17 | (0) |
| 1956—1964 | Paxtakor | 164 | (4) |
| 1965 | Sverdlovets | ? | (1) |
| 1966 | Fakel (Buxoro) | ||
| Boshqargan klublari | |||
| 1984 | Amudaryo (Nukus) | ||
| Paxtakor (yoshlar jamoasi) | |||
| Oʻzbekiston U17 | |||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Akmal Abduazimovich Azizxoʻjayev (1936-yil 8-noyabr, Toshkent — 2008) — futbolchi, sport ustasi (1966), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozi (1992). 1954-yildan „Spartak“ futbol jamoasida oʻynagan. „Paxtakor“ jamoasi sardori va himoyachisi (1960-65 yillar). Buxoroning „Fakel“ (1966) hamda Nukusning „Amudaryo“ (1983) jamoalarida bosh murabbiy. 1996-yildan respublika oliy futbol maktabining direktori. Uning murabbiyligidagi Oʻzbekiston oʻsmirlar futbol terma jamoasi Osiyo chempionati musobaqalarida ishtirok etib (1994) Oʻrta Osiyo respublikalari orasida gʻolib chiqqan va final uchrashuvlarda qatnashgan[1][2].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Akmal futbolchilik faoliyati dastlab Buxorodagi mahalliy jamoada boshlagan. Keyinchalik Toshkent viloyatining „Sverdlovets“, Toshkentning „Spartak“ klublarida oʻynagan. 1956-yilda Toshkentning „Paxtakor“ klubi tarkibiga oʻtdi va 9 yil davomida poytaxt jamoasi tarkibida oʻynagan. 1956-yilgi SSSR xalqlari spartakiadasida Oʻzbekiston SSR terma jamoasida oʻynagan. Faoliyatini soʻnggida „Buxoro“ klubida toʻp surgan. Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng murabbiylik faoliyatini boshladi va bir qator jamoalar jumladan Aral samali jamoasiga bosh murabbiylik qilgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Akmal Azizxo'jaev xotira turnirida bu yil 2010 yilda tavallud topgan avlod qatnashadi“. 2025-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-oktyabr.
- ↑ „"Ҳужум ҳимоядан бошланади". Акмал Азизхўжаев хотирасига ишланган фильм.“. 2021-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-oktyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Akmal Azizxoʻjayev Footballfacts saytidagi futbolchi profili
- Akmal Azizkhodzhaev Transfermarkt saytidagi futbolchi profili
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
- 8-noyabrda tugʻilganlar
- 1936-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- 8-yanvarda vafot etganlar
- 2008-yilda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- SSSR erkak futbolchilari
- Erkak futbol himoyachilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Sverdlovets klubi futbolchilari
- Spartak Toshkent futbolchilari
- Buxoro klubi futbolchilari
- Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari
- Aral Samali futbol klubi murabbiylari