Akkavi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Akkavi (arabcha: جبنة عكاوي, ‎ ivritcha: עכואית ‎ shuningdek, Akavi, Akaviye) — Isroilning Akre shahridan kelib chiqqan oq tuzlangan pishloq[1].

Etimologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akkavi pishlogʻi Falastinning Akka shahri, hozirgi Akko sharafiga nomlangan. Akkavi arabchada „Akkadan“ degan maʼnoni anglatadi[2]. Hozirgi vaqtda bu pishloqning katta qismi ushbu hududda ishlab chiqariladi, u yerdan arab bozorlariga chiqadi[3].

Ishlab chiqarish va saqlash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akkavi, odatda, xom yoki pasterizatsiyalanmagan sigir sutidan tayyorlanadi, lekin echki yoki qoʻy sutidan ham tayyorlanishi mumkin. Bu pishloq, asosan, Yaqin Sharqda, xususan Isroil, Falastin, Livan, Iordaniya, Suriya, Misr va Kiprda ishlab chiqariladi[2]. Bu hududlarda odamlar, odatda, tushlik va kechki ovqat paytida uni yumshoq obinon bilan isteʼmol qiladilar[4]. Akkavi qoʻlda kvadrat drenaj halqalariga solinib, keyin ikki kun davomida tuzli zardobda saqlanadi.

Tuzilishi va taʼmi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rangi oq, silliq tuzilishga va sal shoʻr taʼmga ega. Tarkibidagi sut turiga qarab oʻzgarishi mumkin. Sigir suti yogʻliroq boʻladi, undan pishloq yogʻliroq chiqadi. U, odatda, oshxona pishlogʻi sifatida ishlatiladi, oʻzini yoki meva bilan qoʻshib yeyiladi.

Tuzilishini motsarella, feta yoki mizitra bilan solishtirish mumkin, chunki u osonlikcha erimaydi. Akkavi bir yilgacha saqlanishi mumkin. Tuzilishi va taʼmi uning oʻziga xos tvorogdan bijgʻitilishi natijasidir. Akkay pishloqqa aylanganda, u, odatda, oddiy tvorogli pishloqdan, masalan, Suriya pishlogʻidan koʻra uzoqroq saqlanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaqin Sharqda akkavi ishlab chiqarish, koʻpincha, muammo boʻlib kelgan. Livandagi fuqarolar urushi davrida sut beruvchi hayvonlar oʻldirilgan va mamlakat Sharqiy Yevropadan akkavi import qilishga majbur boʻlgan. 2011-yilda akkavi pishlogʻini ishlab chiqaruvchilar Qibris, Livan va Suriya hududlarida joylashgan edi[3].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ackawi - Cheese.com“ (en). cheese.com. 2021-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-noyabr.
  2. 2,0 2,1 A. Y. Tamime, R. K. Robinson. Feta and Related Cheeses. Elsevier Science, 1991-01-15. ISBN 978-1-85573-278-0. 
  3. 3,0 3,1 „Сыр Аккави, описание и характеристики, история и способ приготовления“ (ru). Все про сыр. 2021-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-noyabr.
  4. „Akkawi | Local Cheese From Acre“. www.tasteatlas.com. 2020-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-noyabr.