Ikrom Akbarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Akbarov Ikrom Ilhomovichdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Ikrom Ilhomovich Akbarov (1-mart 1921, Toshkent – 18-dekabr 2011, Toshkent) – kompozitor, O‘zbekiston xalq artisti (1981), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1964). Toshkent (1945) va Leningrad (1950) konservatoriyalarini tugatgan. Hamzaga bag‘ishlangan "Shoir xotirasiga" simfonik poemasi (1954) o‘zbek simfonik ijodiy tafakkurining shakllanishida Asqarali Akbarov ishlagan bino bezagi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Akbarov simfonik asarlar, opera va baletlar, oratoriyalar, vokalsimfonik va kamer-cholg‘u asarlar (xususan 6 ta torli kvartet), qo‘shiq va romanslar, xor turkumlari muallifi, kinofilmlar va dramatik spektakllarga musiqa yaratgan, o‘zbek xalq kuylarini jo‘rsiz xor uchun qayta ishlagan. Ijodiy uslubi teran simfonik tafakkurga asoslangan. Simfonik asarlari – "Epik poema" (1961), skripka va orkestr uchun 1–2- va 3- konsertlar (1962, 1984, 1997), "Pochta" (1970), "Shakuntala" (1980) simfonik manzaralari, "Samarqand haqida sim-fonik hikoyalar"i (1973), 2 ta simfoniya (1996, 1998) va boshqa "Orzu" (1957), "Layli va Majnun" (1968), "Navro‘z" (1984) baletlari, "So‘g‘d elining qoploni" (1977) va "Ibtido xatosi" (1997) operalari, "Toshkentnoma" (1964), "Mangu xotira" (1985) oratoriyalarini yaratgan. Asarlari chet ellarda ham ijro etilgan. Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofotining laureati (1977). "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (1999).Ad.: Djabbarov A,Solomonova T., Kompozitori i muzikovedi Oʻzbekistana, T., 1975; Yanov-Yanovskaya NS, Ikram Akbarov, T., 1990.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil