Kontent qismiga oʻtish

Ajiboy qoʻltigʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ajiboy qo‘ltig‘idan yoʻnaltirildi)

Ajiboy qoʻltigʻi – Orol dengizining janubi-gʻarbidagi qoʻltiq. Maydoni 1000 km², uz. 41 km, eni 30 km, eng chuqur joyi 9,2 m boʻlgan. Orol dengizi sathining 8 metrga pasayishi tufayli 1981-yil qoʻltiq quridi. Ajiboy qoʻltigʻi tubi qirgʻoqqa yaqin (10-15 km masofagacha) yalang eol qum shakllari (barxan, doʻng va hokazo), undan shimoliy esa qoldiq, taqir va faol shoʻrxoklar bilan qoplangan. Qumliklarda qora saksovul, cherkez, qandim, shoʻra, shoʻrxoklarda sarisazan, yulgʻun, qorabaroq oʻsadi. Sudoche koʻlidan bosh-langan yer osti suvlarining oqimi mavjudligidan grunt suvlari sathi yer yuzasiga yaqin joylashganligi uchun Ajiboy qoʻltigʻida galofit oʻsimliklari keng tarqalgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil