Ajiboy qoʻltigʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ajiboy qo‘ltig‘iOrol dengizining janubi-g‘arbidagi qo‘ltiq. Maydoni 1000 km², uz. 41 km, eni 30 km, eng chuqur joyi 9,2 m bo‘lgan. Orol dengizi sathining 8 m ga pasayishi tufay-li 1981 yil qo‘ltiq kuridi. Ajiboy qoʻltigʻi tubi qirg‘oqqa yaqin (10–15 km masofagacha) yalang eol qum shakllari (barxan, do‘ng va hokazo), undan shimoliy esa qoldiq, taqir va faol sho‘rxoklar bilan band. Qumliklarda qora saksovul, cherkez, qandim, sho‘ra, sho‘rxoklarda sarisazan, yulg‘un, qorabaroq o‘sadi. Sudoche ko‘lidan bosh-langan yer osti suvlarining oqimi mav-judligidan grunt suvlari sathi yer yuzasiga yaqin joylashganligi uchun Ajiboy qoʻltigʻida galofit o‘simliklari keng tarqalgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil