Kontent qismiga oʻtish

Aida Xasanova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aida Xasanova
Tavalludi
Aida Ilyasovna Xasanova

4-avgust 1983-yil
Vafoti 23-may 2023-yil(2023-05-23)
(39 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Kasbi Qilichboz
Millati Oʻzbek

Aida Ilyasovna Xasanova (tugʻ. 4-avgust 1983, Toshkent, Oʻzbekiston — 23-may 2023) — oʻzbek qilichbozi va qilichbozlik boʻyicha xalqaro hakam[1][2].

Aida 1998-, 1999-, 2000- va 2002-yillardagi qilichbozlik rapieri boʻyicha Oʻzbekiston chempioni, 2008-yil sentyabr oyida qilichbozlik sablya boʻyicha Oʻzbekiston kubogi sohibi hisoblanadi. Aida 2007-yilda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida va 2006-yilda Italiyaning Turin shahrida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida Oʻzbekiston sharafini himoya qildi[3].

2014-yilda Aida Oʻzbekiston tarixidagi qilichbozlik boʻyicha birinchi xalqaro hakam boʻldi. Xuddi shu yildan u Xalqaro Qilichbozlik Federatsiyasi (FIE)[4] xalqaro chempionatlar va musobaqalar hakamidir[5][6][7].

Aida Xasanova 2023-yil 23-mayida 39 yoshida vafot etdi[8][9].