Ahroriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ahroriy, Xo‘ja Ahroriy – xalq seleksiyasida yaratilgan ertapishar o‘rik navi. Daraxti kuchli o‘sadi, keng shox-shabbali, shoxlanishi o‘rtacha, bargi yirik, si Irak tukli va uchli. Guli o‘rtacha, oq. Mevasi yirik (40– 45 g), och sariq, qizil, ba’zan zarg‘aldoq, eti qalin, sershira (12,3% ga qadar qand, 0,8% kislota bor), eti danagidan yaxshi ajralmaydi. Mag‘zi shirin. Sho‘rlangan va yer osti suvlari yuzaroq joylarda ham o‘sadi. Sovuqqa chidamli. Ko‘chati eqilganidan keyin 5–6- yili hosilga kiradi. 20–25 yoshida 60–70 kg meva beradi. Mevasi iyunning o‘rtalarida pishadi va tez to‘kilib ketadi. Ho‘lligida iste’mol etiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil