Malika Ahmedova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ahmedova Malika Muhamedovnadan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Malika Muhamedovna Ahmedova (1950.3.4, Chimkent viloyati Sayram kishlog‘i) – raqqosa. O‘zbekiston xalq artisti (1984). Toshkent xoreografiya bilim yurtining mumtoz raqs bo‘limini (1968), Toshkent davlat jahon tillari institutini (1972) tugatgan. Ijrosidagi raqslar milliy bo‘yoqlarga boyligi, sho‘xchanligi, serjilva va nazo-katliligi bilan ajralib turadi. Eng yaxshi raqslari: "Ko‘zim shaxloga tushdi", "Tamanno", "Ey dilbari jonon", "Namangan ta-navori", "Maqom", "Muhabbat", "Zarafshon malikasi", "Nargiz", "Xayolim senda" va boshqa "Maysaraning ishi" (Sulaymon Yudakov), "Zebuniso" (S. Jalil) operalarida balet partiyalarini ijro etgan. Shuningdek, repertuaridan arab, afg‘on, ispan, turk, eron, hind va boshqa xalqlar raqslari o‘rin olgan. Ahmedova ga bag‘ishlab "Bu sehrli raqs dunyosi" videofilmi suratga olingan. Keyingi yillarda baletmey-sterlik qilmoqda. Angliya, Avstraliya, AQSH, Italiya, Yugoslaviya, Yaponiya kabi mamlakatlarda gastrolda bo‘lgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil