Ahmadxoʻja Yunusxoʻjayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yunusxoʻjayev Ahmadxoʻja Nigʻmonovich 2001-2017-yillarda — Toshkent farmatsevtika instituti rektori. 2017-yil 4-apreldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sportni rivojlantirish ishlari boʻyicha davlat maslahatchisi[1].

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

1999-2003 yillarda Sog‘liqni saqlash vazirligi Dori vositalari va tibbiyot texnikasi sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi boshlig‘i. 1999-2000-yillarda Dori vositalari va tibbiyot buyumlari boʻyicha Respublika tender komissiyasi, 2006-yildan dori vositalari va tibbiyot buyumlari sohasidagi amaldagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha ishchi guruh aʼzosi. 2017-yildan 2019-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi.

2017-yil yanvar oyida oliy o‘quv yurtlari talabalari stipendiyalarini ularning o‘quv natijalaridan qatʼi nazar, 3 foizli rag‘batlantirish jamg‘armasini joriy etish bilan tenglashtirish, bu bilan esa 25 million so‘m byudjet mablag‘larini tejashni taklif qildi.

„Qozogʻiston farmatsiyasi“ jurnali tahririyati aʼzosi.

14-sonli Toshkent shahar okrug saylov komissiyasi raisi (2016-yil)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Biografiya, 2017-04-12da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-04-15