Ahmadjon Shukurov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ahmadjon Shukurov (1909.5.6, Fargʻona viloyati Shavardi qishlogʻi — 1990.14.5, Beshariq) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, serjant. Urushgacha sovxozda ishlagan. 1942 yildan frontda. 336-oʻqchi polki (Bryansk fronti, 63-armiyaning, 5-oʻqchi diviziyasi) pulemyotchisi. Oryol viloyatidagi hujum operatsiyasi chogʻida Podmaslovo va Zolotaryova qishloqlari uchun boʻlgan jangda koʻrsatgan jasorati uchun Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan (1943). 1944 yil jarohati tufayli armiya safidan boʻshatilgan. Urushdan soʻng qishloq xoʻjaligi sohasida ishlagan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil