Ahmad Jomiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ahmad Jomiy — (1049-yilda tugʻilgan; 1141-yilda vafot etgan) Buxoroning valiy zotlaridan.

Hasanxoja Nisoriyning „Muzakkiri ahbob“ (XVI asr) kitobidagina muxtasar axborot keltiriladi va ilovasida: „Shayxulislom Ahmad Jomiy — mashhur olim, adib va shoir Abu Nasr bin Abul Hasan — an Namiki al Jomiy (Zinda fil. 441-1049-536-1142)“ deb eʼtirof etiladi[1].

Hazrat Zindafil Ahmad Jomiy qadamjosi Ismoil Somoniy maqbarasining gʻarbida joylashgan. Ziyoratgohda ramziy qabr bor. „Tuhfat uz-zoirin“ tazkirasida „Buxoroning Paxsa guzaridagi mozorlar zikri bayonida“: „…Buxoro ahli bu mozorni Shayxulislom Ahmad an-Nomiqi al-Jomiyga nisbat berishadi. Bu kishi Jurayr ibn Abdullo al-Hillining farzandlaridan edilar. Bu zotning koʻzlari ojiz edi. 22 yoshlarida tavfiq-u tavba topib, toqqa chikib 18 yil riyozat chekadilar. Keyin xalq oʻrtasiga qaytadi. (U kishiga) ilmi laduniy eshiklari ochilib, 300 joydan (qogʻoz) koʻproq maʼrifat va tavhidga doir kitoblar yozdilar. 300 000 kishi u zot tufayli Haq yoʻlini ixtiyor etdi. Qabrlari Jomdagi Xarda Xard degan mavzeda. Tabarruk ziyoratgoh“ deyiladi[2].

Buxorodagi Talipoch darvozasi yaqinida muxlislari tomonidan tiklangan ramziy qabri joylashgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Hasanxoja Nisoriy „Muzakkiri ahbob“, 194, 328-betlar
  2. Nosiriddin Husayni Buxoriy „Tuhfat uz-zoirin“, 85-bet

3. S.Mustafoyev, M.Ablayev — „Turonzamin aziz avliyolari va ulamolari tazkirasi“, T.: „Sano-standart“ nashriyoti, 2015