Ahad Ochilov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ahad Ochilov
Tavalludi 1912-yil
Vafoti 14-noyabr, 1989-yil
Dushanbe, Tojikiston SSR, SSSR
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi RossiyaSSSR bayrogʻi SSSR

Ahad Ochilov (1912-yil, Samarqand, Rossiya imperiyasi – 1989-yil 14-noyabr, Dushanbe, Tojikiston SSR, SSSR) – davlat arbobi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni[1].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ahad Ochilov 1912-yili Rossiya imperiyasiga qarashli boʻlgan Samarqand viloyatining Samarqand shahrida tugʻilgan. U oʻrta maktabni tugatgach, 1927-yil Samarqand davlat universitetining pedagogika fakultetiga oʻqishga qabul qilinadi. Ushbu oliygohni 1931-yil muvaffaqiyatli tamomlaydi. Ahad Ochilov 1931-yildan 1932-yilgacha Samarqand shahridagi maktablarning birida boshlangʻich sinf oʻquvchilariga dars beradi. U 1932-yil Dushanbe shahriga koʻchib keladi. Ahad Ochilov 1932-yildan 1933-yilgacha Tojikiston Oliy sudida kotib sifatida ishlaydi. U 1933-yilda Hisor xalq sudi sudyaligiga tayinlanadi. 1937-yildan 1938-yilgacha ichki ishlar xalq komissarligida harbiy inspektor lavozimida ishlaydi. Ahad Ochilov 1939-yildan 1941-yilgacha Tursunzoda moliya boʻlimiga rahbarlik qiladi. U 1941-yildan 1942-yilgacha Tursunzoda Ijroiya qoʻmitasi instruktori lavozimida faoliyat yuritdi. Ahad Ochilov 1942-yil Ishchi-dehqonlar Qizil Armiyasi safiga chaqirildi. U yerda 1946-yilgacha xizmat qildi[2]. Ahad Ochilov 1959-yil Tojikiston qishloq xoʻjaligi xodimlari birlashmasiga aʼzo boʻladi. 1969-yildan 1970-yilgacha Tojikiston suv xoʻjaligi qoʻmitasi boshligʻi lavozimiga tayinlangan. 1971-yildan 1973-yilgacha Vaxdat tumani Ijroiya qoʻmitasi kotibi lavozimida ishladi. U 1986-yildan 1989-yilgacha Vaxdat tumani mexanika zavodi direktori lavozimida faoliyat yuritdi. Ahad Ochilov 1989-yil 14-noyabr kuni Tojikiston SSR tarkibidagi Dushanbe shahrida vafot etgan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ahad Ochilov koʻplab orden va mukofotlar bilan mukofotlangan:

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Очилов Аҳад“. Qaraldi: 18-sentabr 2023-yil.
  2. „Аҳад Очилов“. ovozitojik.uz. Qaraldi: 18-sentabr 2023-yil.