Aglomerat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aglomerat (lot. agglomero — ayqash-uyqash uyumlangan, yigʻilgan) — 1) petrografiyada — har xil togʻ jinslari bir-biriga yopishib hosil qilgan gʻovak toʻplam. A.lar sementlashganda brekniyalyar, tuflar hosil boʻladi. Lava-li A.- lava oqimlari harakati vaqtida oʻta yopishqoq lavalar palaxsalari toʻplamidan iborat; 2) metallurgiyada — mayda ruda yoki kukunsimon metallarni maxsus mashinalarda qovushtirib, hosil qilingan yirik boʻlaklar. Qora va rangli metallurgiya uchun xom ashyo sifatida foydalaniladi (qarang Aglomeratlash).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil