Afgʻoniston davlat bayrogʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Afgʻoniston bayrogʻidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Afgʻoniston Davlat bayrogʻi

Flag of Afghanistan.svg

Taʼsis qilingan
2004 yil 4 yanvar
Mutanosibligi 7:10
Tuzilishi
Vertikal uch hil qora, qizil va yashil ranglar va oʻrtasida davlat gerbi aks etgan.

Afgʻoniston bayrogʻi (Pashtuncha: د افغانستان بيرغ, Forscha: بيرق افغانستان) Vaqtinchalik Afgʻon Maʼmuriyati tomonidan 2001- yil 22-dekabrda qabul qilingan. Bu bayroq, 1930 va 1937-yillari Afgʻonistonda boʻlgan monarxiya davridagi bayroq bilan oʻxshash. Faqat farqi shundaki, yangi bayroq markazidagi Gerb ustiga (oq va oltin rangda) Kalimaʼi Shahodat suʼrasi yozilgan. Bu bayroq yoʻl yoʻlli uch rangdan iborat, qora, qizil va yashil. Bu ranglar Afgʻonistonning keyingi 20 yil ichidagi koʻplab bayroqlarida namayon etgan. Oʻrtadagi nishon Afgʻoniston gerbi va unda Makka tomonga yuzlangan masjid mehrobi tasvirlangan.

XX asrda boshqa davlardan farqli oʻlaroq, Afgʻonistonda davlat bayrogʻi bir necha marotaba oʻzgargan. Hotakilar sulolasi 1709 yilda ilk bayroqqa asos solgandan beri to bugungi kungacha 20 marta bayroqlar oʻzgargan.

Bayroqlar tarixi[tahrir]

Qoʻllangan yillari Bayroq Nisbat Hukumat Izohlar
1709-1738 Black flag.svg 2:3 Hotakilar sulolasi
1747–1826 Flag of Herat until 1842.svg 2:3 Durroniylar Imperiyasi Ahmad Shoh Durroniy va uning sulolasi boshqaruvi ostidagi bayroq.
1826–1880 Bu davrda, rasmiy bayroq boʻlmagan. Afgʻoniston Amirligi 1800-yildan oldin Barakzay sulolasi Durroniylar bilan rozilik bayrogʻini qoʻllamagan.
1880–1901 Flag of Afghanistan (1880–1901).svg 2:3 Afgʻoniston Amirligi Abdu Rahmon Xon boshqaruvi ostidagi bayroq.
1901–1919 Flag of Afghanistan (1901–1919).svg 3:5 Afgʻoniston Amirligi Habibulloh Xon boshqaruvi ostida, davlat va urush bayrogʻi boʻlgan. Habibulloh Xon otasi bayrogʻiga muhr qoʻshgan (hozirgi kunda amalda qoʻllanilayotgan muhrni).
1919–1926 Flag of Afghanistan (1919–1921).svg 2:3 Afgʻoniston Amirligi Qirol Omonulloh boshqaruvi ostida birinchi bayroq boʻlgan. U otasining bayrogʻiga, nur taratib turgan olti burchakli nishon qoʻshib oʻzgartirgan. Bu yangicha muhr Usmonli Turk Imperiyasida keng tarqalgan. Afgʻoniston 1926-yilda Qirollik boʻlgan.
1926–1928 Flag of Afghanistan (1926–1928).svg 2:3 Afgʻoniston Qirolligi Ikkinchi bayroq Qirol Omonulloh boshqaruvi ostida boʻlgan. U olti burchak oʻrnini gulchambar va ozgina oʻzgartirish bilan milliy muhrga almashtirgan.
1928 Flag of Afghanistan (1928).svg 3:5 Afgʻoniston Qirollligi Uchinchi bayroq Qirol Omonulloh boshqaruvi ostida boʻlgan. Qora, qizil va yashil trikolor ranglariga muvofiq oʻtmish aks etgan (oldingi bayroqlarda), mustaqillik uchun qon toʻkish (Uchinchi Ingliz Afgʻon Urushi), va kelajakka umid, bu kabi maʼnolar ehtimol Xonning 1927-yilda Yevropaga sayohati taʼsir koʻrsatgandir.
1928–1929 Flag of Afghanistan (1928–1929).svg 2:3 Afgʻoniston Qirolligi To'rtinchi bayroq Qirol Omonulloh boshqaruvi ostida boʻlgan. Yangi nishonda qorli ikki togʻ ortida quyosh charaqlab koʻtarilmoqda, bu esa yangi qirollikning boshlanishini aks ettirgan.
1929 Flag of Afghanistan (1929).svg 2:3 Afgʻoniston Qirolligi Bu bayroq Habibulloh Kalakoniy yoki Bacha-i Saqao boshqaruvi ostida bo'lgan. Bu qizil, qora va oq rangli trikolor bayroq, XIII asrda hozirgi Afgʻonistonni Moʻgʻullar isteʼlo qilgan va oʻsha vaqtda qoʻllagan bayroqqa oʻxshash.
1929–1930 Flag of Afghanistan (1929–1931).svg 2:3 Afgʻoniston Qirolligi Birinchi bayroq Nodir Shoh boshqaruvi ostida boʻlgan. Qora, qizil va yashil trikolor rangli bayroq qayta tashkil etildi; qorli togʻlar va quyosh Qirol Omonulloh qoʻllagan oltiburchak bilan almashtirilgan.
1930–1973 Flag of Afghanistan (1931–1973).svg 2:3 Afgʻoniston Qirolligi Ikkinchi bayroq Nodir Shoh boshqaruvi ostida boʻlgan,shuningdek uning oʻgʻli Zohir Shoh ham buni qoʻlladi. Qora, qizil va yashil trikolor ranglar saqlanib qolindi. Nurli oltiburchak olib tashlandi va nishon kattalashtirildi. Masjid va nishon oʻrtasidagi Hijriy yil ١٣٤٨ (1348)], yoki Milodiy yil 1929-yil Muhammad Nodir Shoh sulolalarining boshlanishini ifoda etgan.
1973–1974 Flag of Afghanistan (1973–1974).svg 2:3 Afgʻonston Respublikasi Birinchi bayroq Afgʻoniston Respublikasi davrida boʻlgan.Bu oldingi bayroqning oʻzginasi, faqat ١٣٤٨ yil yozuvi olib tashlangan.
1974–1978 Flag of Afghanistan (1974–1978).svg 2:3 Afgʻoniston Respublikasi Ikkinchi bayroq Afgʻoniston Respublikasi davrida boʻlgan. Bir hil oʻsha uch rang faqat vertikal yoʻnalishda emas, gorizontal yonalish oldi, maʼnolari ham oʻzgardi: qora rang qorongʻu oʻtmish, qizil rang mustaqillik, ozodlik uchun qon toʻkish, va yashil rang qishloq xoʻjaligining rivojlanishidir. Kantonda yangi tamgʻa, qanotlarini yoyib turgan burgut, burgutning bagʻrida esa imom minbari (masjid uchun), burgut atrofi bugʻdoy bilan oʻralgan, va burgut uzra quyosh koʻtarilmoqda (yangi respublika uchun).
1978 Flag of Afghanistan (1978).svg 2:3 Afgʻoniston Demokratik Respublikasi Sovet Ittifoqining yordami bilan yangi rejim toʻntarishida respublika lideri oʻldiriladi, dindan holi sotsialistik davlatga asos solinadi. Qisqa oʻtish davri mobaynida, emblemasiz bayroqning avvalgi loyihasi saqlanib qolinadi.
1978–1980 Flag of Afghanistan (1978–1980).svg 1:2 Afgʻoniston Demokratik Respublikasi Bu bayroq kantonida sariq gerb bilan qizil maydon tasvirlanadi, XX asrda sotsialistik davlatlar bayroqlari bilan umumiy loyihada. Bugʻdoy gulchambari gavdalanadi, lekin ustida yulduzcha qoʻshiladi (halqning besh etnik guruhlari tasvirlanadi) va markazida Xalq arab yozuvida aks etadi. 1979-yil sentyabrida Nur Muhammad Tarakiy oʻldirilgangacha bu bayroq uning qoʻli ostidagi Afgʻoniston Xalq Demokratik Partiyasi Xalq fraksiyasida ham amalda boʻlgan.
1980–1987 Flag of Afghanistan (1980–1987).svg 1:2 Afgʻoniston Demokratik Respublikasi Benjarat Lipnt rahbarlik qilgan Parcham fraksiyasi Xalq fraksiyasini agʻdargandan keyin, bayroq yana oʻzgaradi. Agʻdarish 1979-yil dekabrda sodir boʻladi. Yangi rahbarlik eski uch rangli trikolor qora - oʻtmish, qizil - mustaqillik uchun qon toʻkish va yashil islom dini bayroqni tasdiqlaydi. Yangi emblema loyihalanadi, nur sochib turgan quyosh (Huroson ning eski nomiga ishora, maʼnosi "Quyoshli oʻlka"), minbar va kitob (Karl Marksning Kommunist Manifesti yoki Kapital kitobi nazarda tutilgan), milliy ranglardagi lentalar, tishli halqa - sanoat, va qizil yulduz kommunizm uchun.
1987–1992 Flag of Afghanistan (1987–1992).svg 1:2 Afgʻoniston Respublikasi Milliy gerbdan tashqari, oldingi bayroqqa oxshash, tishli halqa ustidan ostki qismiga kochirildi, qizil yulduz va kitob olib tashlandi, va ufqqa oʻxshash bukilgan yashil dala tasvirlangan.
1992 Flag of Afghanistan (1992).svg 1:2 Afgʻoniston Islom Davlati Sovet rejimi qulagandan keyin, vaqtinchalik qoʻllagan bayroq. Bu yerda koʻrib turganingizdek bir qancha variantlar paydo boʻladi. Ustki qismda arabchada Allohu Akbar, ("Alloh buyukdir"); markaziy qismda Shahodat surasi bitilgan.
1992–2001 Flag of Afghanistan (1992–2001).svg 1:2 Afgʻoniston Islom Davlati / Shimoliy Alyans Gorizontal qora va yashil oldingi bayroqlardan oʻtgan. Shuningdek emblema ichida Shahodat suʼrasi yozilgan. Birinchi 1928-yilgi bayroqdan farqlanib uchta qora,qizil va yashil ranglardan millatchilik, qabilachilik maʼnoli qizil rang olingan, qora, oq va yashil ranglarni esa oʻtmishda Musulmonlar kuchaytirganganlar. Bu uch rangni bir qancha Musulmon davlatlari bayrogʻida koʻrishingiz mumkin. Emblema ostida "دا افغانستان اسلامی دولت", Afgʻoniston Islom Davlati yozuvi yozilgan.
1996–1997 Flag of Taliban (original).svg 2:3 Afgʻoniston Islom Amirligi Tolibonlar hukumronligi davrida bir hil oq rangli bayroq amalda boʻlgan.
1997–2001 Flag of Taliban.svg 2:3 Afgʻoniston Islom Amirligi Tolibonlar 1997-yilda bayroqqa Shahodat suʼrasini qoʻshgan.
2001–2004 Flag of Afghanistan (2002–2004).svg 1:2 Afgʻoniston Oʻtish Maʼmuriyati Bu bayroq uch hil ranglar qora, qizil va yashillarning yoʻl yoʻl vertikalllaridan tashkil topgan. Bu ranglar soʻnggi 20 yil ichida Afgʻoniston bayroqlarida aks etgan. Markazida nishonda masjid mehrobi Makkaga qaratilgani tasvirlangan. Bu bayroq 1930 va 1937-yillarda boʻlgan monarxiya davridagi bayroq bilan oʻxshash. Faqat bitta farq bayroqdagi gerb (oq rangda) ustida kalimaʼi shahodat suʼrasi yozilgan. Bunda ١۲۹٨ (1298) yozuvi koʻrsatilgan, bu Hijriy yil boʻyicha, yani Milodiy yil bilan solishtirganda 1919 yilga toʻgʻri keladi, oʻsha yili Afgʻoniston Buyuk Britaniyada mustaqil boʻlgan. Bu yerda faqat oltin rangli nishon norasmiyligicha qolmoqda.
2004–Present Flag of Afghanistan.svg 2:3 Afgʻoniston Islom Respublikasi Oldingi bayroqlarga oʻxshash, lekin farq shundaki ostki Afgʻ'oniston Islom Respublikasi "دا افغانستان اسلامی دولت", yozuvi Afgʻoniston "افغانستان", yozuvi bilan almashgan

Davlat bayroqlari oʻzaklari[tahrir]

Qoʻllangan yillari Bayroq Nisbat Qoʻllagan Izohlar
1931–1973 Royal Standard of the King of Afghanistan (1931–1973).svg 2:3 Afgʻoniston qirollari Afgʻoniston qiroliga oid kavaleriya bayrogʻi.
2004–hozirda Standard of the President of Afghanistan.svg 2:3 Afgʻoniston prezidenti Afgʻoniston prezidentining kavaleriya bayrogʻi.

Shuningdek, ko'ring[tahrir]

Havolalar[tahrir]

Tashqi havolalar[tahrir]