Aeroponika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aeroponika, havoda o‘stirish (aero... va yun. ponos – ish) – o‘simliklarni tuproqsiz, nam havoda o‘stirish. O‘simlik ildizlariga maxsus asboblar yordamida vaqtvaqti bilan oziq moddalar purkab turiladi. A. usulini 1910 yil rus olimi V. M. Arsixovskiy tadqiqot maqsadlari uchun taklif qildi. Keyinchalik A.dan gulchilik va sabzavotchilikda ham foydalanila boshladi. A. usulida ildizmevali o‘simliklar yetish-tirish ham o‘zlashtirilgan. Issiqxona, oranjereya, kosmik kemalarda va boshqalarda qo‘llaniladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil