Kosmik kema

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kosmik kema — kishilarning kosmosga parvoz qilishi uchun moʻljallangan aparat bo‘lib 1961-yil 12-aprelda Yer sunʼiy yoʻldoshlari orbitasiga chiqarilgan "Vostok" kemasi birinchi Kosmik kema hisoblanadi. Uning ichida kosmonavt-uchuvchi Yuriy Gagarin boʻlgan. Bundan tashqari, "Vosxod", "Soyuz", "Merkuriy", "Jemini", "Apollon", "Chellenjer" va boshqa Kosmik kemalar uchirilgan. Geotsentrik orbita boʻyicha uchadigan Kosmik kema yoʻldosh kema, odam va yuklarni orbital stansiyaga eltib beradigan Kosmik kema transport kema, sayyora yoki tabiiy yoʻldoshlarga eltuvchi Kosmik kema qoʻndiruvchi, sayyora yoki uning yoʻldoshidan uchadiganiga uchib chiqish kemasi deyiladi. Kosmik kemaning asosiy tizimlari: xayotni taʼminlash, meteoritlar, radiatsiya va boshqalardan qimoya qilish, dvigatel qurilmasi (uchish trayektoriyasiga tuzatish kiritish, oriyentirlash va uchishni barqarorlash uchun raketa yoqilgʻisi bilan), kosmik st-yalarni izlash, ularga Kosmik kemani yaqinlashtirish va tutashtirish, ekipajni Kosmik kemadan kosmik st-yaga oʻtishini taʼminlash, Quyosh batareyasidan foydalanish, Yerga qoʻndiriladigan boshqarish tizimi va boshqa Kosmik kemaning bir va koʻp marta foydalaniladigan xillari bor. Bir marta foy-dalaniladigan Kosmik kemada tushiruvchi apparatning sirti issiqsan izolyasiyalaydigan qoplama bilan qoplanadi, koʻp marta foydalaniladigan Kosmik kemada Yerga qaytib tushayotganda atmosferada tormoz berish ishi murakkab boʻlgani uchun uning barcha boʻlmalari issiqliqdan himoya qilinadigan qoplamalar bilan qoplanadi.[1]

Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil