Adria Airways

Adria Airways
IATA ICAO Identifikatori
JP ADR ADRIA
Tashkil topgan 1961-yil 14-mart
Tugatilgan amaliyotlari 2019-yil 30-sentyabr
Havo tuguni Lyublyana
Slatina
Bosh qarorgohi Lyublyana
Muhim shaxslar CEO: Arno Shuster[1]
Sayti http://www.adria.si

Adria Airways (Adria eruays) — faoliyati toʻxtatilgan Sloveniya aviakompaniyasi. Bosh qarorgohi Lyublyana shahrida joylashgan boʻlib, samolyot bazasi Lyublyana xalqaro aeroporti (Brnik) joylashgan. Kompaniyaning vakolatxonalari Lyublyana, Bryussel, Frankfurt, Moskva va Zurichda, savdo ofislari esa Yevropaning deyarli barcha shaharlarida joylashgan.

U Star Alliance aʼzosi boʻlgan va Yevropa va Yaqin Sharqqa muntazam reyslarni amalga oshirgan.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Duglas DC-9 Adria Aviopromet 1976-yilda

Kompaniya 1961-yilda Adria Aviopromet nomi ostida tashkil etilgan boʻlib, Duglas DC-6s[2] samolyotida birinchi parvozlarini amalga oshirgan. 1968-yilda nomi Inex-Adria Airways ga oʻzgartirilgan va parvozlarini Duglas DC-9 samolyotlarida amalga oshirgan. 1980-yillarning boshlarida u IATA tarkibiga kirgan, uning floti asosan Yevropaga charter reyslariga qaratilgan edi. Yugoslaviyaning qulashi bilan aviakompaniya Sloveniyaning rasmiy bayrogʻini olgan[3].

Aviakompaniya so‘nggi bir necha yil ichida og‘ir moliyaviy ahvolga tushib qoldi va 2015-yilda Sloveniya hukumati aviakompaniyani xususiylashtirishga qaror qildi. 2015-yilda aviakompaniya 5 million yevro zarar ko‘rgan. 2016-yilda 4K Invest aviakompaniyaning 96 % ulushini sotib oldi, kelajakda 4K Invest aviakompaniyaning qolgan 4 % ulushini sotib olishni rejalashtirmoqda[4].

30-sentabr kuni Adria Airways bankrotlik to‘g‘risida ariza berdi va barcha rejalashtirilgan reyslarni bekor qildi[5].

Yoʻnalishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilda Adria Airways Lyublyanadan haftasiga 170 ta rejali reyslarni amalga oshirgan. Rossiyaga parvozlar Moskvaga amalga oshirilgan.

Aviakompaniya yoʻnalishlari

Sodiqlik dasturlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aviakompaniya tez-tez uchuvchilariga ikkita sodiqlik dasturini taklif qildi: individual sayohatlar uchun Miles & More va biznes uchun Adria korporativ card[6].

Miles & More[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastur individual yoʻlovchilarni mukofotlash uchun yaratilgan: tez-tez uchadiganlar Adria Airwaysning barcha rejalashtirilgan reyslarida, shuningdek, Star Alliance aʼzolari va boshqa hamkor aviakompaniyalarning reyslarida har bir reysda qoʻshimcha mil toʻplaganlar.

Yigʻilgan millar kelajakdagi reyslar, mehmonxonalar, avtomobil ijarasi yoki mukofotlar uchun ishlatilishi mumkin boʻlgan[7].

Adria Corporate Card[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xodimlari Adria Airways bilan sayohat qilgan korxonalar, davlat idoralari va boshqa yuridik shaxslar uchun Adria Corporate Card sodiqlik dasturi ishlatilgan. Har bir parvoz uchun dastur aʼzolariga mukofot chiptalari, xizmat koʻrsatishni yaxshilash yoki qoʻshimcha yuk uchun joyga almashtirilishi mumkin boʻlgan ballar berilgan.

Olingan ballar uch yil davomida amal qilgan[8].

Flot[tahrir | manbasini tahrirlash]

A319 Barselona aeroportidan uchmoqda

Ilgari aviakompaniya quyidagi turdagi samolyotlardan foydalangan:

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Majority share takeover of Adria Airways d.d. completed“ (deadlink). Adria.si. 2016-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-aprel.
  2. „Adria Airways to join Star Alliance Common Information Technology Platform“. 2011-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 21-iyun.
  3. „Словенская авиакомпания Adria Airways объявила о банкротстве“. LB.ua. 2019-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-oktyabr.
  4. „Новости Закрыта сделка по продаже словенского национального перевозчика Adria Airways“. 2016-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-iyul.
  5. „Словенская авиакомпания Adria Airways объявила о банкротстве“. 2019-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-oktyabr.
  6. „Программы лояльности“. 2015-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 30-iyul.
  7. „Программа премирования индивидуальных пассажиров“. 2015-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 30-iyul.
  8. „Adria Corporate Card“. 2015-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 30-iyul.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]