Glikogen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Glikogen (yun. glykys — shirin va genes — tugʻilgan) — koʻp tarmoqli polisaharid; molekulasi a-D-glyukopiranoza qoldiqlaridan iborat amorf mahsulot. Mol. m. 106-109. Tuzilishi jihatidan kraxmalga oʻxshaydi. Tirik organizmda oʻsimliklardagi kraxmal kabi funksiyani bajaradi. Koʻpchilik tirik organizmlarning tez safarbar qilinadigan energiya resursi. G. umurtqalilarning asosan jigari (2—6%) va muskullari (2%)da toʻplanadi. Achitqilar, ayrim zamburugʻlar va suv oʻtlarida, makkajoʻxorining ayrim navlari donlarida ham topilgan. G.ning parchalanishi — glikogenoliz fosforolitik (fosforilaza fermenti taʼsirida) va gidrolitik (amilaza fermenti taʼsirida) yoʻl bilan amalga oshadi. G. fosforilazasi mahsuloti — glyukozo-1 -fosfat fosfoglyukomutaza taʼsirida izomerlanib, glyukoza-6-fosfatga aylanadi. Umurtqalilar jigarida glyukozo6-fosfatning ancha qismi glyukozo-6fosfataza bilan gidrolizlanib, erkin glyukoza hosil qiladi va qonga oʻtadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil