Admiralteystvo orollari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Admiralteystvo orollari -Tinch okeandagi vulkan va marjon orollari; Bismark arxipelagida. Papua-Yangi Gvineya tarkibida. Maydoni 2072 km² (eng katta oroli Manus o.– 1554 km²). Asosiy shahri – Lorengau. Aholisi qariyb 40 ming kishi, asosan papuaslar. Eng baland joyi 719 m (Manus o.da). Orollar o‘rmon bilan qoplangan. Kokos palmasi o‘stiriladi, baliq ovlanadi. Admiralteystvo orollari ni 1527–29 yillarda ispan dengizchisi A. Saavedra kashf etgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Admiralteystvo orollari" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil