Adana katta masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Adana katta masjidi
Ramazanoglu masjidi

O'rta Yer dengizi
Umumiy maʼlumot
Turi Masjid
Meʼmoriy uslubi Sharq islom meʼmorchiligi
Joylashuvi Turkiya Adana, Turkey
Koordinatalar 36°59′06″N 35°19′51″E / 36.98500°N 35.33083°E / 36.98500; 35.33083 G OKoordinatalari: 36°59′06″N 35°19′51″E / 36.98500°N 35.33083°E / 36.98500; 35.33083 G O

Adana katta masjidi— (turkcha : Adana Ulu Camii), shuningdek, Ramazanoglu masjidi (turkcha: Ramazanoğlu Camii) Turkiyaning Adana shahrida XVI asrda qurilgan masjiddir. U madrasa va maqbarani (turbe) oʻz ichiga olgan majmua (kulliye) hisoblanadi. Bino Qizilay koʻchasida, Ramazanog'lu zali yonida joylashgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid qurilishi 1513-yilda Ramazano'g'li Halil Bey tomonidan boshlangan va uning oʻgʻli va vorisi Piri Mehmet Posho tomonidan 1541-yilda yakunlangan. Sabanji Merkez Camii binosigacha 450 yil davomida masjid Adanadagi eng katta masjid hisoblangan. 1998-yilda Adana-Jayhon zilzilasida vayron boʻlgan va 2004-yilda Vaqflar Bosh boshqarmasi (Vakıflar Genel Müdürlüğü) tomonidan qayta taʼmirlangan.

Masjid[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bino Mamluklar, Saljuqiylar va Usmonli meʼmoriy dizayn xususiyatlariga ega. Gʻarbiy kirish eshigi asosiy bino eshigidan eskiroq boʻlib, Ramazono'g'li Xalil Bey tomonidan qurilgan qismdan uslub jihatidan biroz farq qiladi. Kirish eshigidan qadam-baqadam koʻtarilgan konussimon stalaktit tomi saljuqiylar meʼmorchiligiga xos xususiyatlarga ega. Bu XVI asr boshlarida kichik beylik (amirlik) boʻlgan Ramazoniylar dastlab kichik masjid qurib, keyinchalik beylik kengayib, kichik masjid kichiklik qilib qolgandan soʻng, ikkinchi katta va asosiy binoni qurishganligini bildiradi. Hovliga gʻarbiy va sharqiy tarafdagi katta darvozalar orqali kiriladi. Hovlining shimoliy qismi ustunlar ustiga qoʻyilgan yogʻoch tom bilan qoplangan va shuning uchun namoz zalining ayvoni yozda ham namoz oʻqish uchun ochiq maydon sifatida xizmat qilishi mumkin. Hovlining sharqiy chekkasida asosiy zalning yon tomonidagi kirish eshigi oq va qora marmar panellar bilan bezatilgan. Yarim uchli arklar stalaktit va gul naqshlari bilan bezatilgan[1]. Asosiy ibodatxona zal maydoni binoning asosiy qismini egallaydi. Mehrob Iznik koshinlari bilan bezatilgan va qora marmar panellar bilan hoshiyalangan. Qibla devorini ham bezab turgan iznik koshinlarni 1552-yildan keyin qayta tamirlash jarayonida qoʻshilgan[2].

Madrasa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid madrasasi masjidning sharqiy tomonida joylashgan boʻlib, dastlabki hujjatlarda „Eski madrasa“ deb taʼriflangan. Oddiy va tiniq toshdan yasalgan madrasa, piramidasimon tomni ushlab turuvchi sakkiz ustunli favvora keng koʻrinishda qurilgan. Shimoli-gʻarbiy burchagida kichik masjid boʻlganligi tufayli bu madrasaga qatnovchilar sezilarli darajada koʻp boʻlgan.

  1. http://ww5.adanadan.biz/?subid1=93839c83-edf2-11ee-a602-b6cd0a477d43
  2. *Goodwin, Godfrey. A History of Ottoman Architecture. Thames and Hudson, 1971. ISBN 978-0-500-27429-3.