Kontent qismiga oʻtish

Adan qoʻltigʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Adan qo‘ltig‘idan yoʻnaltirildi)

Adan qoʻltigʻi – Arabiston dengizidagi qoʻltiq. Arabiston yarim orol bilan Somali yarim orol oraligida joylashgan. Uzunligi qariyb 900 km. eni 300 km gacha. Chuqurligi 3680 m gacha. Bob-ul-Mandab boʻgʻozi orqali Qizil dengiz bilan tutashgan. Suv koʻtarilishi nomuntazam yarim sutkalik (balandligi 2,9 m gacha). Suv intensiv nur taratib turadi. Asosiy porti – Adan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil