Adamsit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Adamsit, digidrofenarsazin xlorid, HN(C6H4)2AsCl – sariq kri-stall modda. Suyuqlanish temperaturasi 195°, qaynash temperaturasi 410°, zichligi 1648 kg/m3, hidsiz. Suvda erimaydi, organik eri-tuvchilarda kam eriydi. A. difenilamin (C6H5)2NH va margumush (Sh)-xlorid AsCl3 dan yoki difenilamin xlorgidrat (C6H5)2NHHC1 va margumush oksidi As2O3 dan olinadi. Kimyoviy barqaror, qizdirishga va detonatsiyaga chidamli. Birinchi jahon urushining oxirida zaharlovchi modda sifatida tavsiya etilgan. Yuqori nafas yo‘llarini yallig‘lantiradi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil