Adam Mickiewicz universiteti (Poznań)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Adam Mickiewicz universiteti
(AMU)

Poznan shahridagi Collegium Minus
Asl nomi polyakcha: Uniwersytet im. Adama Mickiewicza w Poznaniu
Xalqaro nomi Adam Mickiewicz University
Asos solingan 7 May 1919 (104 yil avval) (7 May 1919)[1]
Oʻquv yurti turi Jamoat universiteti
Rektori Bogumiła Kaniewska
Talabalari ~38,000 (Fall 2018)[2]
Doktorantura ~1,300 (2018)
Vebsayti international.amu.edu.pl

Koordinatalari: 52°24′16.919999999994″N 16°54′55.800000000006″E / 52.40469999999999828°N 16.91550000000000153°E / 52.40469999999999828; 16.91550000000000153 G O

Adam Mickiewicz universiteti[3] (polyakcha: Uniwersytet im. Adama Mickiewicza w Poznaniu; Lotin: Universitas Studiorum Mickiewicziana Posnaniensis) Polshaning Poznan shahrida joylashgan tadqiqot universiteti hisoblanadi.

Universitet tashkil etilish tarixi 1611-yil qirol Sigismund III Vasa tomonidan berilgan Qirollik Xartiyasiga binoan, Iesuit kollejini Poznandagi birinchi universitetga aylantirish bilan bogʻliq[4]. Universitetning tantanali ochilish marosimi 1919-yil 7-mayda, yaʼni Polsha qiroli tomonidan rasman tashkil etilganidan 308 yil oʻtib, uning oʻtmishdoshi hisoblangan Lubrański akademiyasi tashkil etilganining 400 yilligi munosabati bilan boʻlib oʻtadi. Uning asl nomi Piast universiteti (polyakcha: Wszechnica Piastowska) boʻlib, keyinchalik 1920-yilda Poznan universiteti (polyakcha: Uniwersytet Poznański) deb qayta nomlandi[5]. 1955-yilda Poznan universitet nomi XIX asr polshalik romantik shoiri Adam Mickiewicz nomiga oʻzgartirildi.

Rektorlar roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1919–1923: Heliodor Święcicki (1854–1923), shifokor va filantrop
  • 1923–1924: Zigmunt Lisovski (1880–1955), huquqshunos
  • 1924–1925: Stanislav Dobrzycki (1875–1931), slavyan tili mutaxassisi
  • 1925–1926: Lyudvik Sitovski (1880–1947), zoolog
  • 1926–1928: Yan Gabriel Grochmalicki (1883–1936), zoolog
  • 1928–1929: Edvard Lyubich-Niyezabitovski (1875–1946), shifokor va zoolog
  • 1929–1931: Stanislaw Kasznica (1874–1958), advokat
  • 1931–1932: Yan Sajdak (1882–1967), klassik filolog
  • 1932–1933: Stanislav Pavlovski (1882–1940), geograf
  • 1933–1936: Stanislaw Runge (1888–1953), veterinar
  • 1936–1939: Antoni Peretiatkovich (1884–1956), huquqshunos
  • 1939: Bronislav Niklevskiy (1879-1961), oʻsimlik fiziologi
  • 1945–1946: Stefan Tytus Dąbrowski (1877–1947), shifokor va fiziolog
  • 1946–1948: Stefan Blaxovski (1889–1962), psixolog
  • 1948-1952: Kazimierz Ajdukevich (1890-1963), faylasuf va mantiqchi
  • 1952–1956: Yerji Sushko (1889–1972), kimyogar
  • 1956–1962: Alfons Klafkovski (1912–1992), huquqshunos
  • 1962–1965: Gerard Labuda (1916–2010), tarixchi
  • 1965–1972: Cheslav Luzak (1922–2002), tarixchi
  • 1972–1981: Benon Miśkievich (1930–2008), tarixchi
  • 1981–1982: Yanush Ziółkowski (1924–2000), iqtisodchi va sotsiolog
  • 1982–1984: Zbignev Radvanski (1924–2012), huquqshunos
  • 1984–1985: Franciszek Kachmarek (1928–2015), fizik va matematik
  • 1985–1988: Jacek Fisiak (1936–2019), ingliz filologi
  • 1988–1990: Bogdan Marciniec (1941 yilda tugʻilgan), kimyogar
  • 1990–1996: Yerji Fedorovski (1934 yilda tugʻilgan), geolog
  • 1996–2002: Stefan Jurga (1946–2022), fizik
  • 2002–2008: Stanislaw Lorenc (1943–2020), geolog
  • 2008–2016: Bronislav Marciniak (1950 yilda tugʻilgan), kimyogar
  • 2016–2020: Anjey Lesicki (1950 yilda tugʻilgan), biolog
  • 2020– : Bogumila Kaniewska (1964 yilda tugʻilgan), polshalik filolog

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. UAM, Administrator strony „UAM świętuje 101. urodziny – Uniwersytet im. Adama Mickiewicza w Poznaniu“. amu.edu.pl.
  2. „Adam Mickiewicz University, Poznań – Adam Mickiewicz University“. European Legal Studies – Adam Mickiewicz University (2016-yil 5-sentyabr). 2022-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-mart.
  3. „Adam Mickiewicz University English Glossary“. Adam Mickiewicz University.
  4. „History“. 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-noyabr.
  5. [1] The history of AMU.