Achcha

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Achcha – Qashqadaryo viloyatidagi koʻl. Qarshi shahridan 85 km gʻarbda. 80 – yillarda kollektor-zovur suvlarining pastqamlikda toʻplanishidan hosil boʻlgan. Uzunligi 5,5 km, eng keng joyi 1,7 km, oʻrtacha chuq. 0,6 m, eng chuqur joyi 4,1 m. Maydoni 8 km². Achcha qish qattiq kelganda muzlaydi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Achcha" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil