Abulhasan Ali Abuladyon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abulhasan Ali Abuladyon – “Naso­yim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Kunyasi – Abulhasan. Turli din namoyandalari bilan munozaraga kirishib, ularni bahsda magʻlub etgani uchun “Abuladyon” (dinlarning bilimdoni) nomi bilan mashhur boʻlgan. Junayd Bagʻdodiy, Abu Said Xarroz bilan muloqot qilgan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx bilan bogʻliq bobni aynan kiritgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat". "Sharq" NMAK, 2016.