Abulabbos Ahmad bin Muhammad Dinavariy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abulabbos Ahmad bin Muhammad Dinavariy (vafoti 340-hijriy-qamariy/952-milodiy yildan keyin) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Yusuf bin Husayn Roziy, Abdulloh Xarroz, Abu Muhammad Jurayriy, Abulabbos bin Ato, Ruvaym Bagʻdodiy bilan suhbatda boʻlgan. Bir muddat Nishopurda yashaganidan soʻng Termizga keladi va u yerda Muhammad bin Homid bilan uchrashadi. Umri oxirida Samarqandda yashab, vafot etgan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx bilan bogʻliq bobni aynan kiritgan[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. “Nasoyim ul-muhabbat”. 
  2. “Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat”.