Abulabbos bin Ato

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abulabbos bin Ato, Muhammad bin Muhammad bin Sahl Ato Adamiy (921-yilda vafot etgan) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Qurʼoni karim tafsiri muallifi. Teri sotish bilan shugʻullanganligi uchun “Adamiy” nomini olgan. Tasavvuf sirlarini Ibrohim Moristoniy va Xayr Nassojdan oʻrgangan. Junayd Bagʻdodiy, Abu Solih Muzayyin, Abulabbos Dinavariy, Abu Jaʼfar Saydaloniy, Abu Jaʼfar Majzum, Abulhasan Soʻfiy Fushanjiy, Abu Abdulloh Muqriy, Abulqosim Muqriy, Abu Muhammad Rosibiy, Ali bin Bundor Soʻfiy Sayrafiy, Abulqosim Roziy suhbatidan bahramand boʻlgan. Ibn Jallo uni toʻrtta benazir shayxning biri, deb taʼriflagan. Mansur Hallojni qatl etishga qarshi chiqqani uchun xalifa al-Muqtadir Billoh tomonidan oʻldirilgan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”­­dan ushbu shayx bilan bogʻliq bobni aynan kiritgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat" (I jild).