Abubakr Bin Abi Saʼdon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abubakr Bin Abi Saʼdon, Ahmad bin Muhammad bin Abi Saʼdon – “Naso­yim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Junayd Bagʻdodiyning muridlaridan. Abu Ali Rudboriy, Abulqosim Muqriy suhbatidan bahramand boʻlgan. Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx bilan bogʻliq bobni qisqartirilgan holda kiritgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at". "Sharq" NMAK, 2016.