Abu Turob Naxshabiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hayot Yo'llari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Turob Naxshabiy an-Nasafiy 806 yili qadimgi Naxshab, yaʻni hozirgi Qarshi shahrida tavallud topgan. U bosh lang'ich taʻlimni o'z shahrida olgan. Keyinchalik Buxoro va Saraxs shaharlarida taʻlim olishni davom ettirgan. So'ngra ko'pgina Islom mamlakatlariga safar qilib, mashhur tasavvuf shayxlari va ulamolari bilan ilmiy suhbatlarda qatnashgan. Basrada mashhur shayx Hasan Basriyadan taʻlim olgan va uning qo'lidan xirqa kiygan.Rivoyatlarga qaraganda, unga 42 marotaba Haj ziyoratini amalga oshirish nasib etgan. U zot buyuk sabr-bardosh sohibi bo'lgan.Fariduddin Attor “Tazkirat ul-avliyo” asarida u kishi haqida yozganlari eʻtiborga molik. Shunday yozadi: “Shayx Abu Turob Naxshabiy an-Nasafiy qaddasallohul aziz viloyat bodi yasining (dashtining) sayyohi zamon dengizining mallohi (kema chisi) edi. Xuroson tuprog'idagi shayxlarning ulug'laridandir. Har qachon muridlarida bir yomon ish ko'rsa, muridiga bir narsa demas, o'zi tavba qilib, istig'for aytar edi. Aytar edi ki: “Ul bechora bu baloga men tufayli yo'liqdi”. Darhol Haq taolo o'sha muridga saloh (yaxshilik) ato etar, murid pushaymon bo'lib, tavba qilib, istig'for etar edi.Alisher Navoiy o'zining “Lison ut-tayr” dostonida Abu Turob Naxshabiy an-Nasafiy nomini ehtirom bilan tilga oladi va u haqdagi bir rivoyatni keltiradi. Rivoyatga ko'ra, Abu Turob Naxshabiy an-Nasafiyning muridlaridan biri zebu ziynatga bo'lgan maylini yuqota olmaydi. Kiygan to'nidagi yamoqlari ham qizil, yashil, sariq ranglarda edi. Abu Turob Naxshabiy an-Nasafiy pir sifatida uning nafsini mag'lub qilish uchun turli og'ir ishlarni buyuradi. Ammo natijaga erisha olmaydi. Oxiri shunday yumush buyuradi. Murid bir necha kun davomida qo'yningichak-chavoqlari solingan savatni Nasaf bozori ichidan olib chiqishi kerak. Murid bu ishni ado etadi va xudparastligidan asar ham qolmaydi. Savatdan tomgan najas suvlar dastori va to'nini rasvo qiladi. “Bu mashaqqat uning kibri va nafsini o'ldiradi”, deydi mirAlisher Navoiy.

Ustozlari va Avliyolar e'tiborida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shundan keyin pir muridning poklanishiga ruxsat beradi.Alisher Navoiy o'zining “Lison ut-tayr” dostonida Abu Tu rob Naxshabiy an-Nasafiy nomini ehtirom bilan tilga oladi va u haqdagi bir rivoyatni keltiradi. Rivoyatga ko'ra, Abu Turob Naxshabiy an-Nasafiyning muridlaridan biri zebu ziynatga bo'lgan maylini yuqota olmaydi. Kiygan to'nidagi yamoqlari ham qizil, yashil, sariq ranglarda edi. Abu Turob Naxshabiy an-Na safiy pir sifatida uning nafsini mag'lub qilish uchun turli og'ir ishlarni buyuradi. Ammo natijaga erisha olmaydi. Oxiri shunday yumush buyuradi. Murid bir necha kun davomida qo'yning ichak-chavoqlari solingan savatni Nasaf bozori ichidan olib o'tishi kerak. Murid bu ishni ado etadi va xudparastligidan asar ham qolmaydi. Savatdan tomgan najas suvlar dastori va to'nini rasvo qiladi. “Bu mashaqqat uning kibri va nafsini o'ldiradi”, deydi mir Alisher Navoiy. Shundan keyingina pir murdaning poklanishiga ruxsat beradi.Bu hikoya orqaliAlisher Navoiy bir tomondan, Abu Turob Naxshabiy an-Nasafiyning o'tkir ruhshunos mutaffakirli gini ko'rsatgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, tasavvufning muhim shartlaridan biri bo'lgan nafs va kibrni jilovlashning in son hayotidagi ahamiyatini taʻkidlagan.Abu Turob Naxshabiy an-Nasafiyning ko'plab muridlari va shogirdlari bo'lgan. Ulardan biri mashhur shayx Hamdun Na safiydir. Mashhur donishmandlardan Abu Abdulloh Jalol, Abu Obid Basriylar uning qo'lidtaʻlim-tarbiya olganlar. U so'fizmda futuvvat va tavakkul nazariyotchilaridandir. Av-liyolarning ibratli hayoti va ishlari haqidagi kitoblarda u haqda ham qiziqarli maʻlumotlar bor. Abu Turob Naxshabiy an-Nasafiyni mashoyixlar sabr-bar doshning buyuk timsoli deb bilisharkan. U kechasi uxlamay, kunduzlari g'aflatda qolmay yurar ekan.Abu Turob Naxshabiy an-Nasafiy piri murshid dara jasiga erishgan tasavvuf shayxlaridan biri. U o'zi yashagan davrda eʻtiborli ahamiyatga ega bo'lgan tasavvufning muhim shartlaridan biri – nafs va kibrni jilovlash masalasi ga alohida eʻtibor qaratgan allomadir. Uning qarashlari da nafs va kibrni jilovlash musulmon insonlar hayotida naqadar ahamiyatli ekanligi yaqqol namoyon bo'lgan. Alisher Navoiy Abu Turob Naxshabiy an-Nasafiyning tasavvufdagi maqomiga hamda qarashlariga yuksak hurmat bo'lgan.

Ijod yo'li va Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Turob Naxshabiy an-Nasafiy Xuroson mashoyixlari orasida mashhur bo'lgan. Maʻruza va suhbatlarida kishilarning nafsini tiyib yurishga, sabr-qanoatli hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo'lgano'lishga chaqirgan. Zamondoshlari uni “Maʻno shahrining shohimardoni”, “Taqvo osmonining mohi”, “Haqiqat ilmining

orifi”, “Qutbi zamon” deb taʻriflashgan. Abu Turob Naxsha biy an-Nasafiy haqida el orasida ko'plab naqllar yoyilgan. Shulardan yigirmaga yaqini Muhammad Siddiq Rushdiyning “Avliyolar sultoni, turonlik avliyolar” kitobida keltirilgan. Abu Turob Askar ibn al-Husayn an-Naxshabiy an-Nasafiy taxminan 875 yili vafot etgan.Fariduddin Attor u Basra shahrida dafn etilganligini yozadi. Ammo boshqa maʻlumot larga ko'ra, qabri Qarshi shahri yaqinida. Aniqrog'i, Qashqadaryo viloyatiNishon tumanidagi Eski Nishondan 2 kilometr chama si uzoqlikda sobiq Qari Nishon mavzesida dafn qilingan. Abu Turob Naxshabiy an-Nasafiyning qabri xalq o'rtasida “Shahid ota”, “Chilla mozor” ziyoratgohi deb ataladi. Hozirgi vaqtda u zotning marqadi muboraklari oddiy qabr ko'rinishi da. Obodonlashtirish ishlari rejalashtirilmoqda.Abu Turob Naxshabiy an-Nasafiy haqiqiy maʻnoda oliy lik darajasiga etgan avliyolardan hisoblanadi. U zotning hayotiy faoliyatlari va tasavvuf nazariyasini boyitishdagi tarixiy qarashlari, aytish joizki, bugungi kunda ham maʻna viy ahamiyatini yo'qotmagan

Adabiyotlar; Doktor Abdulmajid Muhtasib Uslub-ul Hayot kitobi Tarjima qildi; Ismoil Rayhonov