Abu Talha Hakim Ustrushaniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Talha Hakim Ustrushaniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis,roviy

Abu Talha Hakim Ustrushaniy(arabcha:أبو طلحة حكيم استرشاني — Abu Talha Hakim Ustrushaniy — Toʻliq ismi:Abu Talha Hakim ibn Nasr ibn Xonij ibn Xandabek Ustrushaniy) — Muhaddis va roviy.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hakim Ustrushaniy Samarqandga qarashli „Ustrushan“ qishlog‘ida tavallud topgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammad ibn Fazl ibn Harrosh Balxiy, Hilol ibn Iloi Riqiy, Muhammad ibn Musallama Vositiy, Qosim ibn Ibod Termiziy, Ibn Zaxd Ubaydulloh ibn G‘oz Asqaloniy, Ubaydulloh ibn Muhammad Barqiy, Abu Zar’a Abdurrahmon ibn Amr Dimashqiy va boshqalardan hadis rivoyat qilgan. Abdulloh ibn Mas’ud ibn Komil Samarqandiy, Abdulloh ibn Zohir ibn Abdulloh Mug‘koniy, Abu Zarr Ammor ibn Muhammad Tamimiy Bag‘dodiy va boshqalar undan rivoyat qilganlar. Manbalarda uning biror mansab egasi yoki o‘z davrida uning mavqei qay darajada bo‘lgani, hattoki, tavalludi yoki vafot etgan yili haqida ham birorta maʼlumot keltirilmagan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 694.