Abu Nazr Sog'arjiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Nazr Sog'arjiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi Muhaddis, Roviy

Abu Nazr Sogʻarjiy (arabcha: أبو نذير الصغرجي — Abu Nazr Sogʻarjiy — Toʻliq ismi: Abu Nazr Muhammad ibn Hotam ibn Saʼid Sog‘arjiy So‘g‘diy) — muhaddis va roviy.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Nazr Sogʻarjiy dastlabki tahsilni otasi Hotam ibn Saʼiddan olgan. Shu bois, u tomonidan keltirilgan hadislarning aksariyati otasi Hotam ibn Saʼiddan rivoyat qilingan. Undan tashqari Abu Nazr Sogʻarjiy oʻz zamonasining bir qancha mashhur allomalaridan ham hadislar rivoyat qilgan[1].

Shogirdi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Nazr Sogʻarjiydan Abu Bakr Muhammad ibn Abdulloh ibn Ibrohim Mustalamiy kabi koʻplab zotlar hadis oʻrganganlar hamda rivoyat qilganlar.[2] Manbalarda Abu Nazr Sogʻarjiyning tavallud topgan va vafot etgan yili haqidagi maʼlumotlar uchramadi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Abdulkarim Samʼoniy. Ansob. J. 6.- Bayrut, 1998. 420.
  2. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 611.
  3. Isayev Y., Abbosov A. Ishtixoniy allomalar. Imom Buxoriy xalqaro markazi. 2016. 46.