Abu Nasr Sog‘arjiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Nasr Sogʻarjiy
Tavalludi
Samarqandga qarashli Sogʻarjiy qishlogʻi.
Vafoti 524/1130 yil.

Abu Nasr Sogʻarjiy (arabcha: أبو نصر الصاغرجي — Abu Nasr Ahmad ibn Faraj ibn Abdulaziz ibn Abulhaysam Sogʻarjiy) — faqih.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Nasr Sog‘arjiy faqih, fozil va solih kishi bo‘lgan. Abu Nasr Sog‘arjiyga Alloh taolo olim farzandlar ato etganki, ular ham o‘z zamonasining mashhur olimlaridan hisoblanishgan.[1]

Ustozi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Nasr Sogʻarjiy hadis ilmi sir-asrorlarini ustozi Yusuf ibn Solih Xatibdan oʻrgangan. Bundan tashqari oʻsha davrning birqancha muhaddislardan hadislar tinglagan va rivoyat qilgan[2]. Manbalarda Abu Nasr Sogʻarjiydan uning oʻgʻli hamda bir qancha kishilar hadis rivoyat qilgani qayd etilgan.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Nasr Sogʻarjiy hijriy 524-yil robiʼal-avval oyi — milodi 1130-yil fevral oyida Samarqandda vafot etgan. Chokardiza qabristoniga dafn etilgan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 611.
  2. Isaev Y., Abbosov A. Ishtixoniy allomalar. Imom Buxoriy xalqaro markazi. 2016.
  3. Abdulkarim Samʼoniy. Ansob. J. 6. — Bayrut, 1988.