Abu Nasr Qubaviy
Qiyofa
Abu Nasr Qubaviy Axmad ibn Muhammad ibn Nasr (forscha: ابو نصر قباوى; XI — XII asrlar) — quvalik tarixchi va tarjimon. 1128 — 1129 yillarda Narshaxiyning „Taʼrixi Buxoro“ („Buxoro tarixi“) asarini arab tilidan fors tiliga tarjima qilgan. Tarjima qilish jarayonida unga Buxoro tarixiga doir katta tarixiy ahamiyatga molik maʼlumotlarni ham kiritgan. Bu asarning bir necha qoʻlyozma nusxalari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Abu Nasr Qubaviy“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (A-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |