Abu Nasr G‘annojiy
Qiyofa
Abu Nasr Gʻannojiy (arabcha: أبو نصر محمد بن أحمد الجرجاني ثم الغناجي Abu Nasr Muhammad ibn Ahmad Jurjoniy Gʻannojiy) — roviy.
Abu Nasr Gʻannojiy asli Jurjondan boʻlgan. Keyinchalik Shoshning G‘annoj shahrida yashagani uchun unga „Gʻannojiy“ nisbasi berilgan va xalq orasida su nisbasi bilan tanilgan. Gʻannoj shahari Movarounnahrda boʻlib, Shosh chetida, Samarqandning sharqi-shimolida joylashgan. Abu Nasr Gʻannojiy haqlarida Hamza ibn Yusuf as-Sahmiy al-Hofizning „Tarixi Jurjon“ kitobida zikr qilingan.
Ustozi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abu Nasr Gʻannojiy hadis ilmining sir-asrorlarini ustozi Abdulloh ibn Ahmad ibn Hanbaldan oʻrgan va hadis rivoyat qilgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Abu Saʼd Abdulkarim Samʼoniy. Al-Ansob. J. 4. — Bayrut. Doru-l-fikr, 1998. 310.