Abu Nasr Ahmad Maymurg‘iy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Nasr Ahmad Maymurg‘iy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti 916-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis,roviy

Abu Nasr Ahmad Maymurg‘iy (arabcha: أبو نصر أحمد ميمورغي — Abu Nasr Ahmad Maymurg‘iy — Toʻliq ismi: Abu Nasr Ahmad ibn Ali ibn Hasan ibn Iso Maymurg‘iy (243/857—304/916-yil)) — Muhaddis va roviy.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Nasr Ahmad Maymurg‘iy 243/857-yilda tavallud topgan. U solih, to‘g‘ri so‘zli, ko‘p hadis rivoyat qilgan muhaddis bo‘lgan. Bu kishi Abu Amr Muhammad ibn Sobir, Abu Saʼid Xalil ibn Ahmad, Abu Bakr Muhammad ibn Fazl, Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad ibn Ismoil va Buxoro qozisi Abu Ahmad Hakimdan taʼlim olgan. Allomadan esa, Abu Bakr ibn Ishoq Kaloboziy, Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad Baladiy va boshqa muhaddislar hadis rivoyat qilishgan. Uning vafot etgan yili borasidagi maʼlumotlarda ixtiloflar bor. Jumladan, Shamsiddin Zahabiyning yozishicha, alloma to‘qson yil umr ko‘rgan.[1]

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Nasr Ahmad Maymurg‘iy 304/916-yili vafot etgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 362.