Abu Hamza Bagʻdodiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abu Hamza Bagʻdodiy, Muhammad bin Ibrohim (902-yilda vafot etgan) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Baʼzi manbalarda Basra qozisi, hanafiylik mazhabidagi faqih Iso bin Abon Sadaqaning (vaf. 836 y.)­ oʻgʻli, deyila­di. Sariy Saqatiy, Bishr Hofiy, Abu Turob Naxshabiy bilan suhbatda boʻlgan. Abu Bakr Kattoniy va Xayr Nassoj undan hadis rivoyat qilgan. Tarsus shahrida ekanligida sukr holida shath aytgani uchun uni shahardan chetga chiqarib yuborishgan. Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx bilan bogʻliq bobni qisqartirilgan holda kiritgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at". "Sharq" NMAK, 2016.