Kontent qismiga oʻtish

Abu Bakr Muhammad Korzaniy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Abu Bakr Muhammad Korzaniy (arabcha: ابو جعفر محمد كرزاني — Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Muso ibn Rijʼa ibn Hanish Korzaniy) — roviy.

Abu Bakr Muhammad Korzaniy X asr boshida Korzon qishlogʻida tugʻilgan. Abu Bakr Muhammad Korzaniyning ota-bobolari taniqli muhaddis va roviylaridan boʻlgan. U boshlangʻich taʼlimni tugʻilib oʻsgan qishlogʻi Korzanda otasi Ahmad va bobosi Muhammadlardan olgan. U taʼlim olish bilan birga dehqonchilik qilgan va boshqa dehqonlarga rahbarlik (raislik) ham qilgan.

Abu Bakr Muhammad Korzaniy Muhammad Korzaniydan esa Abu Muhammad Ahmad ibn Ali Dabusiy va Abu Saʼd Idrisiylar hadis tinglagan. Abu Saʼd Idrisiyning yozishicha u Arbinjonga borganida Abu Bakr Muhammad Korzaniydan hadis yozib olgan[1].[2]

Abu Bakr Muhammad Korzaniy 370/980-981 yildan oldin Rabinjon shahrida vafot etgan[3].

  1. Abu Abdulloh Yoqut Hamaviy. Muʼjamu-l-buldon. J, 4. — Bayrut, 1979. 428.
  2. Abdulkarim Samoniy. Ansob. J, 3. — Bayrut, 1988. 27.
  3. Abu Abdulloh Yoqut Hamaviy. Muʼjamu-l-buldon. J, 9. — Bayrut, 1979. 344.
  • Suyundik Mustafo Nurotoiy. Xatirchilik tabarruk siymolar. — T.: Muharrir. 2010. 31.